Kontent qismiga oʻtish

Huang Shuqin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Huang Shuqin
Tavalludi 9-sentyabr 1939-yil
Shanghai, China
Vafoti 21-aprel 2022-yil(2022-04-21)
(82 yoshda)
Shanghai, China
Fuqaroligi Xitoy
Kasbi Director
Turmush oʻrtogʻi Zheng Changfu
Bolalari Zheng Dasheng

Huan Shuqin (xitoycha 黃|蜀|芹, pinyin - Huáng shǔ qín 1939-yil 9-sentyabr – 2022-yil 21-aprel) — “ Ayol, jin, inson” (1987) filmi bilan tanilgan xitoylik rejissyor, dramaturg [1]. Bu film tanqidchi va olimlar tomonidan birinchi feministik xitoy filmi deya e'tirof etilgan [2] Shuningdek, “Eng yaxshi rejissyor” va “Eng yaxshi yozuv” nominatsiyasi bo'yicha 8-Oltin xo‘roz mukofoti bilan taqdirlangan. U qariyb o'ttiz yil Xitoyning eng iste'dodli ayol rejissyorlaridan biri sifatida faoliyat yuritgan.

Fortress Besieged ("Qamal qilingan qal'a", 1990) va Sinful Debt ("Gunohkor qarzi", 1995) teleseriallari ham mashhur bo'lgan.

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Huang Shuqin 1939-yil 9-sentyabrda Shanxayda Jin Yunji oilasida tug'ilgan. O'tgan asrning 20-yillarida Angliyada tahsil olgan. Otasining izidan yurgan Huang rejissyor bo'lishni orzu qilgan va o‘sha paytdagi Xitoyning yagona kino maktabi bo'lgan Pekin kino akademiyasining rejissyorlik fakultetini 1964-yilda tamomlagan.[3] Shanxay kinostudiyasiga ssenariy nazoratchisi sifatida ishga tayinlangan [4], biroq madaniy inqilob tufayli faoliyatini to‘xtatishga majbur bo'lgan. Natijada oila og'ir moliyaviy ahvolga tushib qoladi, Huang onasidan ayriladi. Bo'lajak adib 1966-yil yettinchi may kadrlar maktabi harakatda qatnashganligi uchun izolyatsiya va kuzatuv[1] ostiga olinadi [1].

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Madaniy inqilob"dan so'ng rejissyor Xie Jin bilan hamkorlikda “Beshik” (1979) va “Tyanyun tog‘i afsonasi” (1980) filmlarini yaratgan. [5] Uning "Zamonaviy odamlar" filmi keng omma e'tiborini tortgan bo'lsa-da, olim Yingjin Chjanning ta'kidlashicha, adibni rejissyor sifatida "Ayol, jin, inson" asari tanitgan. [5] Huangning ko'plab filmlari gender tengligi va ayol ruhiyati muommolarini o'z ichiga olgan. [6]

Abadiy yoshlik (1983)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Forever Young" ("Abadiy yoshlik", 1983) - 1950-yillarda Xitoy Kommunistik partiyasining dastlabki taraqqiyot davri tasvirlangan film. [6] Film bir-biriga bog'liq bo'lgan uchta hikoyani qamrab olgan. Jumladan, birinchisi, o'rta maktabidagi qiz bola o'quvchilar o'rtasidagi ijtimoiy ziddiyatni, ikkinchisi, baxtsiz Su Ning va Yang Qiangyun o'rtasidagi mustahkam do'stlikni, uchinchisi esa katolik dindor Xu Mali va uning qavmi o'rtasidagi munosabatlarni tasvirlagan. [6]




Pan Yuliang va uning hayoti "Rassom tomonidan ta'qib qilingan ruh" filmiga ishlangan rasm.

Rassom tomonidan ta'qib qilingan ruh (1994)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Huang 1990-yillarning boshida, ya'ni Xitoyda bozor iqtisodiyotiga o'tilgan bir paytda " Rassom tomonidan ta'qib qilingan ruh" asari ustida ishlay boshladi. Unda fohishalik qilayotgan yosh ayol Pan Yuliangning oxir-oqibat taniqli Xitoy ta'lim muassasasi professori va mohir rassomga aylanganligi hikoya qilingan.[6]


  1. 1,0 1,1 1,2 Jinhua, D.; Yang, M. (1 December 1995). "A Conversation with Huang Shuqing". Positions: East Asia Cultures Critique 3 (3): 790–805. doi:10.1215/10679847-3-3-790. ISSN 1067-9847. 
  2. Kang, Kai. "Beyond New Waves: Gender and Sexuality in Sinophone Women‘s Cinema from the 1980s to the 2000s." PhD Dissertation, University of California, 2015.
  3. Yu, Wentao (6 May 1990). "Cinema Finds A Superwoman". The Beijing Review. 33 (18): 26.
  4. Ye, Tan; Zhu, Yun (2012). Historical Dictionary of Chinese Cinema. Rowman & Littlefield. p. 82. ISBN 978-0-8108-6779-6.
  5. 5,0 5,1 Xiao, Zhiwei. Encyclopedia of Chinese Film. Routledge, 1 June 2002 — 195-bet. ISBN 978-1-134-74554-8. 
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 Li, Xingyang. Chinese Women's Cinema: Transnational Contexts. Columbia University Press, 2011 — 113–131-bet.