Kontent qismiga oʻtish

Hufflepuff

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hufflepuff-bg

Hafflpaff (ing. „Hufflepuff“) – Hogwarts afsungarlik va sehrgarlik maktabining 4 ta fakultetlaridan (Slytherin, Gryffindor, Hufllepuff, Ravenclaw) biri. Bu fakultet talabalarining boshqa talabalardan farqli jihatlari: mehnatsevarlik, sodiqlik va halollik. Ramzi – boʻrsiq, ranglari – sariq va qora. Dekan – o’tshunoslik fani oʻqituvchisi Pomona Sprout. Fakultet arvohi – Semiz Rohib. Asoschi – Helga Hufflepuff. J. K. Rowlingning soʻzlariga koʻra Hufflepuff tuproq unsuriga toʻgʻri keladi[1].

Fakultet ranglari
Fakultet ramzi

Fakultet mehmonxonasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fakultet mehmonxonasi maktabning birinchi qavatida joylashgan. U yerga Hogwarts oshxonasiga eltuvchi yoʻlakdan oʻtib borish mumkin. Yoʻlakdaagi katta natyurmort yonida katta bochkalar taxlangan. Ikkinchi qatorning oʻrtasida, pastdan ikkinchi bochkani aniq ritm asosida taqqillatilsa, u ochiladi va mehmonxonaga eltuvchi yoʻlak paydo boʻladi. Himoya chorasi sifatida, boshqa fakultet talabalarini kiritmaslik maqsadida, boshqa bochka taqqillatilsa, yoki ritm asosida taqqillatilmasa, qoidani buzgan talabaning ustiga sirka quyib yuboriladi.

Mehmonxona boʻrsiq inini eslatuvchi, shinam va past shiftli boʻladi. Xona asalarisifat – sariq-qora uslubda bezatilgan, bundan tashqari, xonadagi stollar va yotoqxonalarning yumaloq eshiklari asal rangidagi, sayqallangan yogʻoch ishlatilgan. Yogʻoch (raqsga tushayotgan boʻrsiqlar surati oʻyib chizilgan) kaminning yuqorisida ilingan portret Helga Hufflepuffni aks ettiradi. Qasrning pastki qismida joylashgan, yer bilan deyarli bir tekislikdagi oynalar tashqaridagi oʻtlar va moychechaklarning yoqimli koʻrinishini taqdim etadi. Bunday past oynalarga qaramasdan, mehmonxona doim quyosh nuriga toʻlib turadi.

Rouling fakultet haqida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Men kitoblar seriyasini chiqarishni rejalashtirayotganimda, Garri Potter Hogwartsda boʻlgan vaqtida, har bir fakultet mehmonxonalariga kirib koʻrishini kutgan edim. Keyinchalik esa, tushunib yetdimki, Hufflepuff xonasiga kirish uchun aytarli sabab yoʻq edi. Nima boʻlishidan qatʼI nazar, xona baribir men uchun, qolgan uchtasidek real edi va men Hufflepuff talabalari darsdan keyin oshxona tomonga shoshib ketishayotganlarida, aynan qayerga ketayotganini har doim bilar edim"[1].

Qiziq faktlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hufflepuff mehmonxonasining koʻrinishi seriyadagi hech bir kitob va filmda tasvirlanmagan. Lekin, keyinchalik, Pottermore (hozirgi nomi – "Wizarding World") saytida xonaning "Hufflepuff talabalarining qarorgohi" nomi bilan birinchi illyustratsiyalari nashr etilgan.

Koʻrinishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Garri Potter va Alanga Kubogi (faqat aytib oʻtilgan)
  • Garri Potter va Ajal Tuhfalari (faqat aytib oʻtilgan)
  • LEGO Garri Potter: 1-4 yosh (birinchi koʻrinish)
  • Pottermore (Wizarding World)
  • Harry Potter: Hogwarts Mystery
  • Hogwarts Legacy (2023)
  1. 1,0 1,1 „The Leaky Cauldron and Mugglenet interview Joanne Kathleen Rowling: Part Three“. Accio Quote!. 2011-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.