Kontent qismiga oʻtish

Hulkar Turdiyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hulkar Turdiyeva- Sharqshunos-filolog-eronshunos, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD). 1985-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Sharq filologiyasi fakulteti bakalavr bosqichi 2008-yil, magistratura bosqichi 2010-yil bitiruvchisi.

2009 – 2011-yillar Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi “Xorijiy tillar” akademik litseyida fors tili oʻqituvchisi; 2011-2012-yillar Indoneziya davlatining “Darmasiswa” granti bilan Indoneziyaning VEDC Malang institutida pedagogik malaka oshiruvchi; 2012-2013-yillar Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Alisher Navoiyning “Hayratul Abror” asari konkordansi” loyihasida tadqiqotchi; 2013-2014-yillar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Innovatsiya markazida tarjimon (ingliz, rus, oʻzbek) hamda ilmiy xodim; 2013-2014-yillarda Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi, “Toshkent” kanalida bolalarga ingliz tilini oʻrgatishga moʻljallangan “Jolly Galaxy” dasturida muallif va boshlovchi; 2012-2014-yillar, 2018- hozirga qadar Yaponiyaning JICA (Japan International Cooperation Agency) tashkilotida Yapon volontyorlariga oʻzbek tili oʻqituvchisi; 2014 –2016-yillar Indoneziya davlati Malang Muhammadiah Universitetining “Learn and Teach” loyihasida ishtirokchisi va Malang Muhammadiah Universiteti (Universitas Muhammadiah Malang) Ingliz tili pedagogikasi fakulteti ingliz tili oʻqituvchisi; 2016-2017-yillar Yaponiyaning JAUW (Japan Association University of Women) tashkiloti tadqiqot granti gʻolibi va Yaponiyaning Sukuba Universitetida professor Ono Masaki ilmiy rahbarligida  (異文化コミュニケーションにおける日本語とウズベク語のポライトネスの実践的比較” (Madaniy muloqotda Yapon va Oʻzbek tilida muloyimlik, hurmatning ifodalanishini pragmatik qiyoslash) mavzusi boʻyicha) tadqiqotchi; 2017-yildan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Sharq tillari kafedrasida oʻqituvchi.

Ilmiy yoʻnalishi –  Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. 20 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bir qancha xalqaro ilmiy konferensiyalar Myunxen (2013), Malang (2014), Sankt-Peterburg (2019), Makassar (2019), Toshkent (2018-2020) qatnashchisi.

Asosiy ilmiy ishlari:

Dissertatsiya mavzusi: “Nutqiy etiket birliklarining lngvo-pragmatik tadqiqi (Fors va oʻzbek tillaridagi materiallar asosida)” – Toshkent, 2020.

1. Fors tilidagi sifatlarda sinonimlariing graduonimik tasnifi (Sodiq Xidoyatning  (Bufe kur) “Koʻr Ukki” asari asosida) // Sharqshunoslikning dolzarb masalalari. –Toshkent, 2008. –B.30-35.

2. Fors tilida sinonimik qatorda ishtirok etgan sifatlarning tarkibiy tahlili // Kamolot sari. Iqtidorli yoshlar ilmiy toʻplami. Toshkent, 2010. -№ 2. –B. 3-9.

3. F-135 Alisher Navoiy asarlarining korkondansining ilmiy-uslubiy tadqiqi “Hayrat ul-Abror” dostoni konkordansi: monografiya, –T.: Istiqbol, 2012. -745 b. - A. Quronbekov, A.Mannonov, M.Imomnazarov, D.Ahmedovalar bilan hammualliflikda.

4. Theories about synonyms and their classification in Persian language // European Science and Technology – Conference Proceedings, Vol. 2. –Myunxen, 2013. -P. 343-349. –K.Turdiyeva bilan hammualliflikda.

5. Persian Influence in Indonesia. Membangun Peradaban Bangsa Melalui Politik Bahasa Indonesia Sebagai Bahasa Internasional dan Bahasa Ilmu Pengetahuan. –Indonesia, Malang, 2014. –P. 28-34.

6. The Pragmatic Comparison of Japanese and Uzbek Politeness in Cross-Cultural Communication. Research. Japanese Association of University Women (JAUW). –Tokyo, 2017. http://jauw.org/english/pastrecipients.html

7. The Pragmatic Comparison of Japanese and Uzbek Politeness in Cross-Cultural Communication // First International Congress of the Eurasian Association of Iranian Studies: Xalqaro kongress materiallari (2019-yil,20-21-fevral). – Sankt Peterburg, 2019. – P.108. http://eaai-congress-2019.orientalstudies.ru/

8. Oʻzbek va yapon madaniyatida ogʻzaki nutqda ifodalanuvchi xushmuomalalik – “Politeness”ning pragmatik-qiyosiy tahlili // Ayol va zamon. Respublika ilmiy amaliy anjumani materiallari (2018-yil, 5-mart). – Toshkent, 2018. – B.155-161.

9. Xorijiy tillarni oʻqitishda sotsiolingvistik va pragmatik masalalar:  xushmuomalalikning ifodalanishi (oʻzbek,  fors, yapon tilllari misolida) // Xorijiy tilarni oʻqitish samaradorligini oshirish. Xalqaro ilmiy amaliy anjuman materiallari (2019-yil, 27-noyabr). – Toshkent, 2019. – B. 138-155.

10. Linguapragmatic comparison of Politeness in Uzbek and Persian // 9-FLTAL xalqaro ilmiy amaliy anjuman materiallari (2019-yil, 2-3may). – Toshkent, 2019.  http://jfltal.org/

11. Linguapragmatic comparison of Politeness in Uzbek and Persian // Foreign Language Teaching and Applied linguistics, International scientific journal. –Sarayevo, 2019. –B. 37-48.

12. Linguapragmatic comparation of Greetings in Uzbek and Persian // Bulletin of science and practice. –Nizhnevartovsk, 2019. -№9. – P. 531-540.

13. Akt rechevogo etiketa v persidskom i uzbekskom yazыkax: vыrajeniye vejlivosti // Bulliten of science and practice. –Nijnevartovsk, 2019. -№12. – S. 516-522.

14.         Comparison of Politeness in Persian and Uzbek speech // Journal of Word Art – Soʻz sanʼati j-li. –Tashkent, 2019. - №4. – P. 59-66.

15. Nutqiy etiket birliklarining ilmiy nazariy asoslari  va prinsiplari // Sharq mashʼali. –Toshkent, 2019. - №3. –B. 54-68.

16. Lingua-pragmatic of Politeness in Persian and Uzbek languages / English language teaching international conference (ELTIC) proceedings. Xalqaro ilmiy amaliy anjuman materiallari (2019-yil, 6-8-sentyabr). –Makassar, Indoneziya, 2019. –B. 283-288. – I.Sangkala, B.Samigovlar bilan hammualliflikda.

17. Nutqiy akt lingvopragmatikasi:  Fors va oʻzbek tillarida hayrlashuv birliklari  // Ilm sarchashmalari. –Urganch, 2020. - №2. –B. 96-101.

18. Oʻzbek va fors nutqida sovgʻa berish va olish jarayonida qoʻllaniladigan etiket birliklar // Oʻzbek tilini ikkinchi til va xorijiy til sifatida oʻqitish masalalari: muammo, yechim, istiqbollar. Respublika ilmiy amaliy anjuman materiallari (2020-yil, may). –Toshkent, 2020.

19. Fors va oʻzbek nutqiy etiketida mehmondorchilikka taklif: samimiy yoki soxta // Oʻzbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar mavzusidagi konferensiya materiallari (2020-yil, 30-aprel). – Toshkent, 2020. -№ 15. – B.129-132.

20.   Fors va oʻzbek tillarida nutqiy etiket birliklari: murojaat shakllari // Madaniyatlararo muloqotda sharq tillarining ahamiyati. Xalqaro masofaviy-onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (2020-yil, 20-noyabr). –Toshkent, 2020.

21.     Lugʻat qoʻllanma: Indonesian-Uzbek-English-Japanese-Persian-Russian: Most used vocabulary. – Malang, 2015. -85 p.