Kontent qismiga oʻtish

Hum (Xorvatiya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hum
Qishloq
Humning ko'rinshi
Humning ko'rinshi
Hum (Xorvatiya) is located in Croatia
Hum (Xorvatiya)
Koordinatalari: 45°20′53″N 14°3′0″E / 45.34806°N 14.05000°E / 45.34806; 14.05000
Davlat Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya
Tuman Istriya
Veb-sayt hum.hr

Xum (italyancha. "Colmo"; nemischa. "Cholm:) — aholi punkti, maʼmuriy jihatdan Xorvatiya, Istriyaning markaziy qismidagi Buzet shahrida joylashgan.

Uning g'arbiy tomonida shahar devorlar bilan o'ralgan, qolgan tomonlarida esa mudofaa devorlariga uylar qurilgan. U haqida ma'lumotlar dastlab 1102 - yildagi ba'zi hujjatlarda ko'rinish bergan, o'sha paytda bu aholi punkti Cholm deb atalgan. Bu nom esa Italiyaning Kolmo nomidan kelib chiqqan.

Shahardagi klassik fasadli Maryam Assopsiyasi cherkovi 1802 yilda mahalliy usta Yuraj Grjinich tomonidan qurilgan eski cherkov o'rnida qurilgan.[1]

Mahalliy aholining glagolitning shakllanish davrida (12-asrning ikkinchi yarmi) yozilgan "Xum glagolit devori yozuvlari" ("Hum Glagolitic wall writings") saqlanib qolgan va ular o'rta asrlarda Xorvatiya glagolit adabiy madaniyatining eng qadimgi namunalaridan biridir.

XV-asrlarda Avliyo Jeronim tomonidan shahar qayta jonlantirildi va rangbaranglashtiridi. XVII asrda Xum Venetsiya nazorati ostida bo'lgandan so'ng, mudofaa devorlari tiklandi, ikkita minora, qo'sh shahar eshiklari, shahar lojasi va boshqa ma'muriy binolar qurildi.

Tarix davomida Xum ko'pincha mojarolar, o'g'irliklar va urushlardam azob chekardi. Uning istehkom tizimi tez-tez buzilib, qayta tiklangan. Shaharning bugungi qiyofasi 19-asrda Sankt-Peter va Pavlus cherkovi qurilganidan so'ng paydo bo'ldi.

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021 - yilgi ma'lumotlarga ko'ra Hum aholi punktining umumiy aholisi 52 tani tashkil qilgan. Bundan 10 yil oldin, ya'ni 2011 - yilda uning umumiy aholisi 30 ta edi.


  1. „Istrapedia“ (2023-yil 11-iyun). 2023-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.