Kontent qismiga oʻtish

Humoyunnoma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

HumoyunnomaBoburning qizi Gulbadan begim tomindan jiyani Akbar buyrugʻi bilan yozilgan memuar asar. Asarda Boburnoma asari voqealarining davomi tilga olinib, 15-asr oxiri 16-asr boshlaridagi Movarounnahr, Afgʻoniston, Hindistonning siyosiy, tarixiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayoti haqida soʻz boradi. Gulbadan begim Boburning anʼanalarini davom ettirib asarda keltirilgan davrdagi tarixnavislik, adabiyot, etnografik izlanishlarini ham keltirib oʻtgan. Gulbadan begim Bobur hukumronligi davri voqealarni qisqacha Humoyun hukumronligi davrini batafsil yoritgan. Asarning 80 varoqdan iborat yagona qoʻl yozma nusxasi Britaniya muzeyida saqlanadi.

U toʻliq tugallanmagan. Abulfazl Allomiy "Akbarnoma" asarida "Humoyunnoma" dan keng foydalangan. Humoyunnomani A.S. Beverij ingliz tiliga, S. Azimjonova oʻzbek tiliga tarjima qilgan.