Kontent qismiga oʻtish

Humus fatteh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Humus fatteh

Humus fatteh taomi
Milliy oshxona Arab
Asl nomi tasqiya
Kelib chiqishi Suriya
Asosiy komponentlari Noʻxat, sarimsoq, smetana va suxari
Kaloriyaligi 779
Falastindagi humus fatteh taomi

Humus fatteh Livanda tasqiyah deb ham ataladi. Suriya, Livan va Falastindagi mashhur taomdir. U yaxshilab qaynatilgan noʻxat va sarimsoqli aralashmadan iborat boʻlib, unga qoʻshimcha tarzda suxari va smetana solinadi. Bezatish uchun smetana ustiga sariyogʻ quyiladi va qovurilgan yongʻoqlar sepiladi. Bundan tashqari, taʼbga koʻra xushboʻy ziravorlar hamda qovurilgan qiyma ham qoʻshish mumkin.

Iordaniyaning Humus fatteh taomi

Damashq va Suriya humus fatteh taomi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Damashqning humus fatteh taomi noʻxatlari maydalanib tayyorlanishi bilan mashhur. Yaxshilab maydalangan noʻxatlar sut bilan aralashtiriladi. Biroq suriyaliklar bunday tayyorlash usulidan farqli ravishda qovurilgan yoki qaynatib pishirilgan goʻshtlarni qoʻshadilar.

Falastin humus fatteh taomi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Falastin oshxonasidagi humus fatteh suriyaliklarniki bilan bir xil, biroq birgina farqi bor. Sut bilan aralashtirilgan tahin qoshadilar. Shuningdek, Suriya hummus fattehiga oʻxshab sariyogʻ surtilmaydi va qiyma kam qoʻshiladi Biz „tasqiya“ deb ataydigan Livan humusi fattehi suxari, qaynatilgan noʻxat va sutdan tayyorlanadigan eng oddiy turidir.

Ozuqaviy qiymati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shohiya veb-saytiga koʻra, Fatte hummus taomi (taxminan 600 g), quyidagi ozuqaviy qiymatlarni oʻz ichiga oladi:

  • Kaloriya: 779
  • Yogʻ: 34
  • Toʻyingan yogʻlar: 13
  • Xolesterin: 65
  • Uglevodlar: 88
  • Fattoh Humus (Tasqiya)
    Proteinlar: 38

Fatteh humus taomining tayyorlanishi videosi