Husan Amirqulov
Husan Amirqulov (1940.18.2, Qashqadaryo viloyati, Boyterak qishlogʻi) — Oʻzbekiston xalq artisti (1997). Toshkent davlat sanʼat institutini tugatgach (1963), Surxondaryo (1963-66), Sirdaryo (1966-74), Jizzax (1974-79) teatrlarida ishlagan, 1979-yildan Qashqadaryo teatrida. Asosiy rollari: Gʻani („Aldangan qiz“), Murod („Parvona“), Ferdinand („Makr va muhabbat“), Alisher Navoiy („Alisher Navoiy“), Aldar koʻsa („Addar koʻsa“), Moʻmin („Oltin devor“), Saʼdiyev („Oʻn uchinchi rais“), Abulfayzxon („Abulfayzxon“), Amir Temur („Amir Temur“) va boshqa Amirqulov yaratgan obrazlari oʻzining toʻlaqonliligi, ijroda davr nafasini mohirona yetkaza olishi, tarixiy asarlarda yaratgan oʻziga xos, boy sahna chizgilari bilan ajralib turadi. Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti laureati (1993).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |