Husayn ibn Muhammad Gʻubdiniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Husayn ibn Muhammad Gʻubdiniy — (952—1036-yillar) muhaddis, roviy. Toʻliq ismi Abu Naim Husayn ibn Muhammad ibn Naim Gʻubdiniy.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Husayn ibn Muhammad Gʻubdiniy oʻz davrining fozil, zohid, taqvodor imomlaridan boʻlib, dastlabki taʼlimini oʻz qishlogʻi, yaʼni Gʻubdinda olgan. Keyinchalik ilm talabi bilan Xuroson, Iroq, Hijoz kabi shaharlarga borib, u yerda zamonasining eng mashhur allomalaridan saboq olgan. Hadislarni yozib olsih uchun juda koʻplab shaharlarga borgan. Jumladan, Buxoroda Abu Solih Xalaf ibn Muhammad Xayyom, Abu Sahl Horun ibn Ahmad Astrobodiy, Abu Amr Muhammad ibn Muhammad ibn Sobir Buxoriylardan, Naysobur shahrida Abulqosim Abdulloh ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Yaʼqub Nasaviydan, Bagʻdodda Abu Tohir Muhammad ibn Abdurrahmon Muxlis va Abu Hafs Umar ibn Ibrohim Qattoniylardan hadislar eshitib, yozib olgan.

Abulabbos Jaʼfar ibn Muhammad Mustagʻfiriy va qozi Abu Ali Hasan ibn Abdulmalik Nasafiylar Hasan ibn Muhammad Gʻubdiniydan hadis rivoyat qilganlar.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hasan ibn Muhammad Gʻubdiniy 341-hijriy yil (milodiy 952-yil iyun oyi)da tavallud topgan, 427-hijriy yil (milodiy 1036-yil aprel oyi)da vafot etgan.[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Atayev M., «Jizzax allomalari», 54-bet.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. «Imom Buxoriy xalqaro markazi» [2016] — 522—523 bet.