Huygens–Fresnel prinsipi
Ushbu sahifani Gyuygens–Frenel tamoyili bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Yorugʻlikning difraksiyasi oʻrta asrlarda italiyalik olim F. Grimaldi tomonidan kashf qilingan. Golland olimi X. Gyuygens 1690- yilda nashr qilgan Yorugʻlik haqida traktat asarida yorugʻlikning tarqalishi boʻyicha Gyuygens prinsipini ilgari surgan. Ammo bu prinsip difraksiyasi hodisasini sifat jihatdangina tushuntiradi, miqdoriy jihatdan tushuntira olmaydi. Bu prinsip ikkilamchi toʻlqinlarning intensivligi, tebranish amplitudasiva fazasi, kogerentligi, nurlanish yoʻnalishining xarakteri haqida hech qanday maʼlumot bermaydi.
Gyuygens prinsipini takomillashtirib va tuzatib, fransuz fizigi O. Frenel 1818- yilda bu prinsipga tuzatishlar kiritdi. Shu sababli Gyuygens-Frenel prinsipi vujudga keldi.
Bu prinsip asosida isbotsiz qabul qilingan qoidalar yotadi:
- fazoning ixtiyoriy biror M nuqtasida S yorugʻlik manbai uygʻotayotgan tebranishlar amplitudasini hisoblashda shu S manbani unga ekvivalent boʻlgan ikkilamchi manbalar sistemasi bilan almashtirish mumkin. S manbani oʻrab olgan, lekin kuzatilayotgan M nuqtani oʻz ichiga olmagan ixtiyoriy qoʻshimcha s berk sirtning kichik ds boʻlakchalari ikkilamchi manbalar vazifasini oʻtaydi
- ikkilamchi manbalar S manba bilan va oʻzaro kogerent, shuning uchun ular chiqarayotgan ikkilamchi toʻlqinlar bir biri bilan ustma-ust tushganda interferensiyalanadi. Agar s qoʻshimcha sirt sifatida S manbadan tarqalayotgan yorugʻlikning sirti tanlab olinsa, hisoblashlar ancha osonlashadi. Chunki bu holda barcha ikkilamchi manbalarning toʻlqinlari bir xil fazada hosil boʻladi
- S manbaning toʻlqin sirti bilan ustma-ust tushuvchi s berk sirtning bir xil yuzali boʻlakchalarining ikkilamchi nurlanish quvvati bir xil boʻladi
- ikkilamchi manbalarning M nuqtada uygʻotadigan tebranish amplitudasi boʻlakchalarning ds yuzasiga toʻgʻri proporsional,S manbadan shu M nuqtagacha boʻlgan r masofaga teskari proporsional.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |