Kontent qismiga oʻtish

Hwang In-beom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hwang In-beom
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Hwang In-beom
Tavallud sanasi 20-sentyabr 1996-yil (1996-09-20) (28 yosh)
Tavallud joyi Daejeon, Janubiy Koreya
Boʻyi 1.77 m
Ampluasi Markaziy yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Olympiacos
Raqami 33
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009—2014 Daejeon Citizen
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2018 Daejeon Citizen 88 (15)
2018 Asan Mugunghwa 18 (1)
2019—2020 Vancouver Whitecaps FC 40 (3)
2020—2022 Rubin Kazan 35 (5)
2022FC Seoul (Ijara) 9 (0)
2022 Olympiacos 3 (0)
Milliy terma jamoa
2012 Janubiy Koreya U17 3 (0)
2014 Janubiy Koreya U20 0 (0)
2017—2018 Janubiy Koreya U23 10 (2)
2018 [[Janubiy Koreya] 36 (4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 18-sentyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 23-sentyabr uchun)

Hwang In-beom (talaffuzi: Xvan In Bom) (1996-yil 20-sentyabrda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik professional futbolchi, Gretsiya Superligasining „Olympiacos“ klubi va Janubiy Koreya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hwangg Daejeon Citizen jamosi bilan 2015-yilda shartnoma imzolagan. U 30-may kuni Poxang Stilersga qarshi liga oʻyinida oʻzining birinchi golini urgan va Daejeon tarixidagi eng yosh toʻpurarga aylangan.

2019-yilning 30-yanvarida Hwangg 2021 va 2022-yilgi mavsum uchun Vancouver Whitecaps jamosi bilan shartnoma imzolagan[1]. U 2-mart kuni „Minnesota United“ga qarshi „Waytcaps“ safida debyut qilgan[2]. 17-aprel kuni „Los-Angeles“ ga qarshi oʻyinda (1:0) jamoa uchun birinchi golini kiritgan[3]. 2019-yilgi mavsumning 30-haftasida Hwangg „LA Galaxy“ga qarshi o‘yinda uchta golli uzatmani amalga oshirib haftaning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan[4].

2020-yilning 14-avgustida Hwangg Rossiyaning „Rubin“ klubiga o‘tgan[5]. U 2020/2021-yilgi mavsum oʻrtalariga qadar Rossiya Premer-ligasining eng yaxshi pleymeykerlaridan biri boʻlgan[6], ammo keyin koronavirus va tovonidan olgan jarohati bu natijaga putur yetkazgan.

2022-yilning 3-aprelida Hwanggning „Rubin“ bilan shartnomasi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi bilan bog‘liq maxsus FIFA qoidalariga ko‘ra, 2022-yilning 30-iyuniga qadar to‘xtatildi[7][8]. Hwangg 5-aprel kuni „Seoul“ klubiga qoʻshilgan[9].

2022-yilning 29-iyulida Hwangg Gretsiyaning „Olympiacos“ klubiga qo‘shilgan[10]. 2022-yil 18-avgustda u Yevropa Ligasi pley-off o‘yinida „Apollon Limassol“ mehmoni bo‘lib, 1:1 hisobida yakunlangan o‘yinda hisobni tenglashtirgan gol muallifiga aylangan[11].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hwangg Janubiy Koreyani 2018-yilgi Osiyo o‘yinlari chempioni boʻlishida muhim rol o‘ynagan[12]. Mukofot sifatida u Asan Mugunghwadan harbiy xizmatni yarmiga yetmasdan ozod etilgan va Daejeon Citizenga qaytib kelgan.

Hwangg terma jamoadagi debyutini 2018-yil sentyabrida o‘tkazgan va o‘sha yilning oxirida u o‘zining milliy terma jamoasidagi birinchi golini 16-oktyabr kuni Panamaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (2:2) kiritgan.

2019-yilgi OFK Osiyo kubogida Hwangg ajoyib oʻyin koʻrsatgan va ESPN turnirining eng yaxshi jamoasiga kiritilgan[13]. Shuningdek, u Janubiy Koreyani chempionlikka olib chiqqanidan keyin 2019-yilgi EAFF chempionatining eng qimmat futbolchisi deb topilgan[14].

Oʻyin uslubi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

The National Post jurnalisti JJ Adamsning taʼkidlashicha, Hwangg „markaziy yoki qanotda oʻynay oladi, ammo hujumkor yarim himoyachi sifatida muvaffaqiyat qozongan. U aniq toʻp uzatishlari, hujumkorligi, toʻpga egalik qilishi bilan mashhur“ [15].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Daejeon Citizen 2015 K Liga 1 14 4 1 0 15 4
2016 K Liga 2 35 5 2 0 37 5
2017 K Liga 2 32 4 3 0 35 4
2018 K Liga 2 7 2 0 0 7 2
Jami 88 15 6 0 94 15
Asan Mugunghwa 2018 K Liga 2 18 1 0 0 18 1
Vancouver Whitecaps FC 2019 MLS 34 3 1 1 35 4
2020 MLS 6 0 0 0 6 0
Jami 40 3 1 1 41 4
Rubin Kazan 2020—2021 RPL 18 3 2 1 20 4
2021—2022 RPL 17 2 0 0 1 0 18 2
Jami 35 5 2 1 1 0 38 6
FC Seoul (Ijara) 2022 K Liga 1 9 0 1 0 10 0
Olympiacos 2022—2023 SLG 3 0 0 0 2 1 5 1
Karyerada jami 193 24 10 2 3 1 206 27
Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Janubiy Koreya 2018 7 1
2019 16 2
2021 6 1
2022 7 0
Karyerada jami 36 4
Hwang In Beom tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 16.10.2018 Cheonan stadioni, Cheonan, Janubiy Koreya  Panama 2-0 2-2 Oʻrtoqlik
2 11.12.2019 Busan Asiad asosiy stadioni, Pusan, Janubiy Koreya  Gonkong 1-0 2-0 2019-yilgi EAFF chempionati
3 18.12.2019 Busan Asiad asosiy stadioni, Pusan, Janubiy Koreya  Yaponiya 1-0 1-0 2019-yilgi EAFF chempionati
4 7.10.2021 Ansan Wa~ stadioni, Ansan, Janubiy Koreya  Suriya 1-0 2-1 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi

Janubiy Koreya U23

  • Osiyo oʻyinlari : 2018

Janubiy Koreya

  • EAFF chempionati : 2019-yil

Shahsiy yutuqlar

  • K liga 2 eng yaxshi oʻyinchi : 2016, 2017, 2018
  • EAFF chempionatining eng qimmat futbolchisi: 2019-yil
  1. „Whitecaps FC acquire South Korean international midfielder Hwang In-beom“. Vancouver Whitecaps FC (2019-yil 30-yanvar).
  2. Dailey. „9 players make Whitecaps debut in MLS season opener“ (2019-yil 2-mart).
  3. Karstens-Smith. „Whitecaps top LAFC for 1st win of season“. Canadian Broadcasting Corporation (2019-yil 18-aprel). Qaraldi: 2019-yil 18-aprel.
  4. „Hwang named to MLS Team of the Week following three-assist performance“. Vancouver Whitecaps FC (2019-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 30-iyul.
  5. „ХВАН ИН БОМ – В "РУБИНЕ"“ (ru). Rubin Kazan (2020-yil 14-avgust). 2020-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-avgust.
  6. Markstats. „Игроки Российской Премьер-Лиги, которые создают наибольшее количество голевых моментов для партнеров.“ (ru) (2020-yil 24-noyabr). 2022-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-sentyabr.
  7. FC Rubin Kazan (2022-yil 3-aprel). „ИН БОМ ХВАН ПРИОСТАНОВИЛ КОНТРАКТ С "РУБИНОМ"“ (ru). Press-reliz.
  8. „FIFA adopts temporary employment and registration rules to address several issues in relation to war in Ukraine“. FIFA (2022-yil 7-mart).
  9. „FC서울, 국가대표 미드필더 황인범 영입“ (ko). FC Seoul (2022-yil 5-aprel).
  10. „Στον Ολυμπιακό ο Ίνμπομ Χουάνγκ“ (el). ΟΛΥΜΠΙΑΚΟΣ - Olympiacos.org (2022-yil 29-iyul). Qaraldi: 2022-yil 29-iyul.
  11. UEFA.com. „Apollon-Olympiacos | Stats | UEFA Europa League 2022/23“ (en). UEFA.com. Qaraldi: 2022-yil 18-avgust.
  12. „U-23 football team players return to heroes' welcome with Asiad gold“. Yonhap News Agency (2018-yil 3-sentyabr).
  13. „Qatar's record-breaking Almoez Ali leads Asian Cup Team of the Tournament“. ESPN (2019-yil 3-fevral). Qaraldi: 2020-yil 14-avgust.
  14. „EAFF E-1 Football Championship 2019 Final Korea Republic“. EAFF. Qaraldi: 2020-yil 14-avgust.
  15. Adams, J.J.. „Whitecaps thrilled to be signing tantalizing potential, so Hwang on“. The National Post (2019-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 4-mart.