Hyon Yong-chol
Shaxsiy maʼlumotlari | |
---|---|
Tavalludi |
11-yanvar 1949-yil Kyŏngsŏng tumani (hozirgi kunda Ŏrang tumani), Shimoliy Hamgyong provinsiyasi, Shimoliy Koreya |
Vafoti |
30-aprel 2015-yil (66 yoshda) Shimoliy Koreya |
Oʻlim sababi | Buyruqlarni bajarmaslik |
Fuqaroligi | Shimoliy Koreya |
Hyon Yong-chol(talaffuzi: Hyong Yong-chol) (1949-yil 11-yanvar — 2015-yil 30-aprel) — Shimoliy Koreya generali va Koreya Mehnat partiyasi (WPK) siyosatchisi. Hyong Yong-chol 2014—2015-yillarda Mudofaa vaziri lavozimida ishlagan. Hyong Yong-chol 2015-yilda oʻz lavozimidan chetlashtirilganligi haqida xabar berildigan[1].
Shaxsiy hayoti va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shimoliy Koreya matbuoti Hyong Yong-chol 1949-yilning yanvarida tugʻilganligini va 1966-yilda harbiy xizmatga kelganligini maʼlum qildi. Hyong Yong-chol batalyon komandiri boʻlib xizmat qilgan. 2009-yilda Hyong Yong-chol Oliy xalq majlisiga delegat etib saylangan[2]. Hyong Yong-chol Kim Jong-un, Kim Kyong-hui, Kim Kyong-ok, Choe Ryong-hae va Choe Pu-il kabi shaxslar bilan 2010-yil sentyabr oyida toʻrt yulduzli general unvoniga sazavor boʻlgan[3]. Hyong Yong-chol 2011 yil dekabr oyida Kim Jong-il vafotidan keyin milliy dafn qoʻmitasida qatnashgan. Hyong Yong-chol uchunchi partiya konferensiyasida Koreya Mehnat partiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi etib tayinladi. 2012-yil fevral oyida Hyong Yong-chol „Kim Jong-il ordeni“ bilan taqdirlandi[4].
2012-yil iyul oyida Bosh shtab boshligʻi Ri Yong ho oʻz lavozimidan ozod qilinganidan ikki kun oʻtgach Hyong Yong-chol KPAning vitse-marshall unvoniga sazovor boʻldi. Xuddi shu davrda Hyong Yong-chol Bosh shtab boshligʻi sifatida Ri Yong ho oʻrnini egalladi[5][6][7][8]. Hyong Yong-chol, shuningdek, 2012-yil 26-iyulda WPK(Koreya Mehnat partiyasi) Markaziy harbiy komissiyasi raisining oʻrinbosari sifatida faoliyat olib borgan[9].
Xabarlarga ko‘ra, Hyong Yong-chol 2012-yilning noyabr oyida general etib tayinlangan[10][11]. 2013-yil 31-martda Hyong Yong-chol Siyosiy byuroning muqobil aʼzosi etib tayinlandi, ammo u Ri Yong honing Siyosiy byuro prezidiumidagi sobiq oʻrnini egallamagan edi[12]. Hyong Yong-chol 2013-yil may oyida 5-armiya korpusiga qoʻmondon etib tayinlangan[13]. Hyong Yong-chol 2014-yil iyun oyida Xalq qurolli kuchlari vaziri lavozimida ishlash uchun Pxenyan shahriga chaqirilgan edi.
Qatl etilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati Hyong Yong-chol 2015-yil aprel oyi oxirida Pxenyan yaqinidagi Kanggon harbiy mashgʻulotlar zonasida qatl etilganligi haqida xabar bergan edi[14]. Xabar qilinishicha, Hyong Yong-chol rasmiy harbiy mitinglarda, xususan, 2015-yil aprel oyining oxirida Kim Jong-un ishtirok etgan harbiy mitingda qatnashmagani va boshliq buyruqlariga boʻysunmagani uchun qatl etilgan[14]. CNN xabarida aytilishicha, Hyong Yong-chol Kim Jong-unning buyrugʻini bajarmagani uchun xiyonatda ayblangan, ammo bu buyruqning mohiyati aniqlanmagan. Yuqori amaldorning taʼkidlashicha, qatl etilganlar orasida Hyong Yong-chol ham boʻlgan. BBC News intervyu bergan tahlilchilarning soʻzlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyada mansabdor shaxslarni o‘zgartirish odatiy hol bo‘lsa-da, Kim Jong-unga Hyon kabi yaqin shaxsning qatl etilishi hayratlanarli bo‘lgan va bu mamlakat barqarorligi uchun xavotirga sabab bo‘lishi mumkin[15][16][17].
Oldingisi | Xalq qurolli kuchlari vaziri 2014–2015 |
Keyingisi |
Partiya siyosiy idoralari | ||
---|---|---|
Oldingisi | Markaziy harbiy komissiya raisining oʻrinbosari 2012–2013 |
Keyingisi |
Oldingisi | Koreya xalq armiyasi bosh shtabi boshlig'i 2012–2013 |
Keyingisi |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Hyon Yong-chol, the general who rose out of obscurity“. BBC News (2015-yil 13-may). Qaraldi: 2015-yil 13-may.
- ↑ „Hyon Yong-chol, the general who rose out of obscurity“. BBC News (2015-yil 13-may). Qaraldi: 2015-yil 13-may.
- ↑ „Hyon Yong-chol named vice marshal of N. Korean military“. Yoanhap News Agency (2012-yil 17-iyul). Qaraldi: 2012-yil 17-iyul.
- ↑ Gause. „North Korean Leadership Dynamics and Decision-making under Kim Jong-un : A Second Year Assessment“. CNA (2014-yil mart). Qaraldi: 2015-yil 11-oktyabr.
- ↑ „N Korea names new vice-marshal in military reshuffle“. BBC News (2012-yil 17-iyul). Qaraldi: 2012-yil 17-iyul.
- ↑ „DPRK awards Hyon Yong Chol title of KPA vice marshal“. Xinhuanet (2012-yil 17-iyul). 2012-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-iyul.
- ↑ „North Korea promotes military official to key rank after removing army chief“. CNN (2012-yil 17-iyul). Qaraldi: 2012-yil 17-iyul.
- ↑ „DPRK appoints new chief of army general staff“. China.org.cn (2012-yil 19-iyul). Qaraldi: 2012-yil 19-iyul.
- ↑ "Kim Jong Un Attends Performance by KPISF, Visits Health Complex & Outdoor Ice Rink", North Korea Leadership Watch, 27 July 2012.
- ↑ North Korea Reshuffles 1/3 of Its Military Leadership: Source, Arirang News, 16 November 2012.
- ↑ „N.Korean Army Chief Demoted After Defections“ (2012-yil 11-oktyabr).
- ↑ Report on Plenary Meeting of WPK Central Committee , KCNA, 31 March 2013.
- ↑ "N.Koreaʼs Military Reshuffles Are a Dangerous Sign", The Chosun Ilbo, 24 May 2013.
- ↑ 14,0 14,1 „North Korea Defence Chief Hyon Yong-chol 'executed'“. BBC News (2015-yil 13-may). Qaraldi: 2015-yil 14-may.
- ↑ „Kim Jong Un Purges Defense Chief for Napping, Lawmaker Says“. Bloomberg. Qaraldi: 2015-yil 12-may.
- ↑ Kwon, KJ. „Reports: North Korea publicly executes defense chief“. CNN (2015-yil 13-may). Qaraldi: 2015-yil 13-may.
- ↑ „North Korea Defence Chief Hyon Yong-chol 'executed'“. BBC. Qaraldi: 2015-yil 12-may.