Kontent qismiga oʻtish

Dalachoy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Hypericumdan yoʻnaltirildi)
Dalachoy
Hypericum linariifolium
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Dalachoy (Hypericum L.) — dalachoydoshlar oilasiga mansub oʻt yoki chala butalardan iborat oʻsimliklar turkumi. 200 ga yaqin turi bor, koʻpchiligi Oʻrta dengiz hududlarida oʻsadi. Oʻzbekistonda 3 turi bor. Ular choychoʻp, dalachoy, choyoʻt, qizilpoycha deb yuritiladi. D.larning barglari oddiy, yaxlit, koʻpchiligi qaramaqarshi joylashgan. Guli — roʻvaksimon toʻpgul, sariq, ikki jinsli. Kosachabarglari koʻpincha yarmisigacha qoʻshilgan. Changchilari koʻp, oʻzaro tutashgan. Urugʻchisi bitta, 3—5 uyali. Mevasi koʻsakcha. Oʻzbekistonning adir va togʻli hududlarida D.ning N. perforatum L. degan turi koʻp tarqalgan. Iyun—sent.da gullab urugʻlaydi. Tarkibida oshlovchi moddalar, efir moylari va S vitamin bor. Xalq tabobatida (meʼda-ichak kasalliklarida va qon aralash ich ketganda) ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil