Hyun Jyu-ni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hyun Jyu-ni
Tavalludi 1-avgust 1985-yil (1985-08-01) (38 yosh)
Ulsan, Janubiy Koreya
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi Aktrisa, musiqachi
Faoliyat yillari 2008-hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Nomaʼlum (turm. 2012)
Bolalari 1

Hyun Jyu-ni (1985-yil 1-avgustda tugʻilgan), ilgari Juni yoki Ju-an sahna nomlari bilan tanilgan[1] — janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hyun Jyu-ni 2008-yilda „Overstep“ albomini chiqargan toʻrt aʼzodan iborat „BellaMafia“ qizlar rok guruhining aʼzosi sifatida sahnada debyut qilgan. Televideniye rejissyori Lee Jae-kyoo uni „Bandits“ musiqiy filmida koʻrib qolib oʻzining „Beethoven Virus“ teleserialida fleytachi rolini ijro etishga taklif qilgan. Hyun yoshligidan nay chalgan va avvallari Seul yoshlar orkestrining aʼzosi boʻlgan, keyin aktyorlik faoliyatiga oʻtgan, „Take Off“ filmida Yanbianlik homilador yosh qiz, „IRIS“ filmida xaker, „Love 911“ filmida oʻt oʻchiruvchi, shuningdek „Sky“ filmida rok-guruh vokalisti sifatida bosh rollarni ijro etgan. Uning eng mashhur rollaridan biri 2010-yilda suratga olingan „I Am Legend“ filmidagi yolgʻiz ona obrazi boʻlgan[2]. Hyun Jyu-ni 2010-yilda suratga olingan „Juni & Ah-minʼs Single Life“ dramasida maxsus ko`rinishda rol ijro etgan.

Hyun 2020-yilda o‘z faoliyatida ilk marta SBS telekanalida efirga uzatilgan 120-qismli „Mom Has an Affair“ dramasida bosh rolda suratga tushgan[3]. 2021-yilda TVN telekanalida efirga uzatilgan „MAMADOL“ ko‘rsatuvi ishtirokchilaridan biriga aylangan. 2022-yil 14-yanvarda „Mama The Idol“ koʻrsatuvida ishtirok etgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hyun 2012-yil 13-dekabrda Guamda o‘tkazilgan toʻy marosimida tadbirkorga turmushga chiqqan[4]. Hyun 2013-yil 30-iyulda birinchi farzandi, o‘g‘lini dunyoga keltirgan[5].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teleserial[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nomi Koreyscha nomi Rol Telekanal
2008 Beethoven Virus 베토벤 바이러스 Ha Yi-deun MBC
2009 IRIS 아이리스 Yang Mi-jung KBS2
2010 Juni & Ah-minʼs Single Life 쥬니와 아민의 독립생활백서 Oʻzi Oʻlive
I Am Legend 나는 전설이다 Yang Ah-reum SBS
2012 Ohlala Couple 울랄라 부부 Go Il-ran KBS2
2014 Angel Eyes 엔젤 아이즈 Cha Min-soo SBS
Mama 마마 — 세상 무서울 게 없는 Rachel MBC
2016 Descendants of the Sun 태양의 후예 Pyo Ji-soo KBS2
2017 Bravo My Life 브라보 마이 라이프 Jung Sung-ah SBS
2019 Legal High 리갈 하이 Sophia JTBC
2020 Mom Has an Affair 엄마가 바람났다 Oh Pil-jung SBS
2021 Mama The Idol 마마돌 Oʻzi TVN
2022 Itʼs Beautiful Now 현재는 아름다워[6] Lee So-ra KBS2

Film[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nomi Koreyscha nomi Rol
2009 Take Off 국가대표 Wang Soon-deok
Sky and Ocean 하늘과 바다 Bada
2011 Perfect Game 퍼펙트 게임 Min-kyung
2012 Love 911 반창꼬 Hyun-kyung
2015 You Call It Passion 열정 같은 소리 하고 있네 Reporter Hyun

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ghim. „Hyun Jyu Ni Is Confirmed For Descendants of the Sun. BNTNews (2015-yil 1-iyun). 2015-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-sentyabr.
  2. Choi. „My Name Is: Juni“. TenAsia (2010-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 20-dekabr.
  3. 현쥬니, SBS ‘엄마가 바람났다’ 여주인공 캐스팅…1년 만 안방극장 복귀 [공식][sayt ishlamaydi] [Hyun Jyu-ni cast as female lead in SBS Mom Has an Affair]
  4. Sunwoo. „Juni drops wedding bombshell“. Korea JoongAng Daily (2012-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 20-dekabr.
  5. Lee. „Actress Juni Gives Birth to a Boy“. TenAsia (2013-yil 31-iyul). 2014-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-yanvar.
  6. Jeon Hyo-jin. „마마돌 현쥬니, ‘현재는 아름다워’ 출연“ (ko). Sports Donga (2022-yil 4-mart). Qaraldi: 2022-yil 4-mart.