Kontent qismiga oʻtish

IDP Education

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
IDP Education Limited
Sobiq nomi International Development Programme (1969–2003)
Turi education company va ommaviy kompaniya[1]
Qachon asos solingan 1969 (55 yil avval) (1969)
Joylashuvi Melburn, Avstraliya
Vebsayti idp.com

IDP Education Limited – Avstraliya, Yangi Zelandiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Irlandiya va Kanadada talabalarning oʻquv davridagi amaliyoti boʻyicha takliflar beruvchi xalqaro taʼlim tashkiloti.

IDPning 35 mamlakatda 190 dan ortiq vakolatxonalari va 2200 ta maslahatchisi mavjud. IDP Australia kompaniyasi IELTS test imtihonlari uchun ESOL va British Council bilan hamkorlik qiladi.

2018-yilda butun dunyo boʻylab 11 000 dan ortiq tashkilot, jumladan, migratsiyani tashkil etuvchi hukumat kompaniyalari, universitetlar va ish beruvchilar, professional roʻyxatga olish organlari tayanadigan 3 milliondan ortiq IELTS imtihonlari oʻtkazilgan.

IELTS Australia Pvt Ltd 80 dan ziyod mamlakatlarda 2200 dan ortiq IELTS test markazlari va onlayn tarmoqni boshqaradi. Dunyo boʻylab 3000 dan ortiq IELTS test markazlari mavjud. Chet elda oʻqish yoki ishlash, viza olish uchun arizaning bir qismi sifatida IELTS ni topshirmoqchi boʻlgan har bir kishi oʻzi taklif etayotgan mamlakatning hukumat veb-saytiga (immigratsiya sahifalari) murojaat qilishiga ishonch hosil qilishi kerak. Har bir boradigan davlat Visa IELTS uchun tasdiqlangan test markazlarini belgilaydi va koʻpincha viza idorasi tomonidan talab qilinadigan bahoni eʼlon qiladi.

IDP 1969-yilda Janubi-Sharqiy Osiyodagi universitetlarning rivojlanishida yordam berish uchun Australian Asian Universities' Cooperation Scheme (AAUCS) nomi ostida tashkil etilgan. 1981-yilda AAUCS oʻz nomini International Development Program (IDP) of Australian Universities and Colleges and schoolsga oʻzgartiradi[2].

2006-yilda SEEK kompaniyasi IDPning Avstraliya universitetlari boʻyicha 50% ulushini sotib oladi. Education Australia ilgari IDP Education Australia Limited nomi bilan tanilgan[3].

2015-yilda SEEK IDPning 50% aksiyalarini keng jamoatchilikka sotishi haqida xabar bergan[4].

2017-yil yanvar oyida IDP Buyuk Britaniyaning Hotcourses Educational listing kompaniyasini 30 million funt sterlingga sotib oladi. Kompaniyaga Britaniya siyosatchisi va sobiq tashqi ishlar vaziri Jeremy Hunt tomonidan asos solingan[5][6].

2020-yil aprel oyida IDP 175 million AQSh dollari miqdoridagi yangi aksiyalarni chiqaradi. Iyun oyida Avstraliyaning 38 ta universiteti holding kompaniyasi boʻlmish Education Australia jamoatchilikka oʻzining 5% aksiyalarini sotdi[7]. 2021-yil mart oyida Education Australia yana 15% aksiyalarini jamoatchilikka sotishini, IDPning qolgan 25% ulushi esa 38 ta universitetga taqsimlanishini eʼlon qildi[8][9].

IDP O'zbekistonda oʻzining IELTS imtihonlarini Edu-Action kompaniyasi bilan hamkorlikda 2018-yildan beri oʻtkazib kelmoqda[10].

  1. (unspecified title)
  2. „Why IDP? History“. International Development Program. IDP Education. Qaraldi: 2024-yil 23-yanvar.
  3. „About Education Australia Ltd“. Education Australia Limited. Qaraldi: 2021-yil 17-mart.
  4. „Windfall return for SEEK in $330 million IDP float“ (2015-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 17-mart.
  5. Walker, Peter. „Jeremy Hunt in line for £14.5m windfall over Hotcourses sale“. The Guardian (2017-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 17-mart.
  6. Pollock, Ian „Hunt makes millions from sale of Hotcourses“. BBC News (2017-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 17-mart.
  7. „IDP's university shareholders retiring hurt“ (2020-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 17-mart.
  8. „Unis flag 45 billion IDP Education block trade“ (2021-yil 11-mart). Qaraldi: 2021-yil 17-mart.
  9. IDP Education (2021-yil 11-mart). „Update on Education Australia Shareholding“. Press-reliz.
  10. „O‘zbekistonda rasmiy IDP IELTS test markazi ochildi!“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 29-may.