Kontent qismiga oʻtish

IFS minoralari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
IFS minoralari
Umumiy maʼlumot
Joylashuvi  Xitoy, Huan, Chansha
Foydalanilishi Ofislar va mahmonxona
Qurilishi boshlangan 2013-yil
Qurilishi tugagan 2018-yil
Egasi The Wharf Holding
Balandligi
Tomi 452 m (T1 minorasi)
Texnik holati
Qavatlar soni 94 m (T1 minora)
Binoning ichki maydoni 1 million kv.metrdan ziyod
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Wong Tung & Partners
Quruvchi China Construstion Second Engineering
IFS minoralari

IFS minoralari (Changsha xalqaro moliya maydoni yoki The Wharf IFS Towers) — Xitoyning Changsha shahrining biznes markazida joylashgan oʻta baland osmonoʻpar binolar majmuasi. 2018-yilda qurilgan, 2019-yil holatiga koʻra, T1 minorasi shahardagi eng baland bino, Xitoydagi toʻqqizinchi eng baland bino, Osiyoda 11-chi va dunyoda 15-oʻrinni egallagan. Majmua Gonkongdagi Wong Tung & Partners kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va Gonkongda joylashgan The Wharf Holdings diversifikatsiyalangan konglomeratiga tegishli. IFSning umumiy maydoni 1 million m² dan ortiq. IFS majmuasi minoralari er osti oʻtish tizimi orqali Changsha metrosining Vuyi maydoni almashish stansiyasi va gavjum Huangxing piyodalar savdo koʻchasi bilan bogʻlangan[1].

  • T1 minorasi (452 m) 94 ta yer usti va 5 ta yer osti qavatidan iborat boʻlib, umumiy maydoni 300 000 m². Minoraning yuqori qismini 243 xonali besh yulduzli Niccolo Changsha mehmonxonasi egallagan, qolganlari ofislar va kvartiralar[2][3][4][5][6].
  • T2 minorasi (315 m) 63 ta yer usti va 5 ta yer osti qavatiga ega, ijaraga olingan maydonning deyarli barchasi ofislar egalagan[7][8].
  • Majmua podiumini maydoni 230 000 m² boʻlgan koʻp qavatli savdo va koʻngilochar markaz joylashgan, unda 400 dan ortiq doʻkonlar, restoranlar, kinoteatrlar va koʻrgazma zallari joylashgan. Savdo markazining tomida haykaltaroshlik bogʻi mavjud.

Changshadagi Xalqaro moliya maydoni majmuasidan tashqari, The Wharf Holdings Suzhou (2019), Chengdu (2014) va Chongqing (2017) shaharlarida IFS brendi ostidagi shunga oʻxshash majmualarga ega.

  1. „Changsha IFS celebrates grand opening“ (en). Benoy. 2018-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-mart.
  2. „Changsha IFS Tower T1“ (en). Council on Tall Buildings and Urban Habitat. 2020-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-mart.
  3. „The Wharf IFS Tower 1“ (en). Emporis. 2019-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-mart.
  4. „The Wharf IFS Tower 1“ (en). Skyscraper Source Media. 2020-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-mart.
  5. „Changsha International Finance Square“ (en). Changsha IFS. 2020-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-mart.
  6. „Niccolo Changsha“ (en). Wharf Hotels. 2020-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-mart.
  7. „The Wharf IFS Tower 2“ (en). Emporis. 2020-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-mart.
  8. „The Wharf IFS Tower 2“ (en). Skyscraper Source Media. 2015-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-mart.