Ibn Abdu Rabbixiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ibn Abdu Rabbixiy (860-940)-qadimgi arab shoiri

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibn Abdu Rabbixiy-kordovalik shoir. Arab tanqidchiligida „taqlidchilik“ adabiyotining eng katta siymosi, xalifa Abdurahmon III ning shoiri hisoblanadi. Ibn Abdu Rabbixiy yoshlik yillarida ishqiy mazmundagi bir qator sheʼrlar yozgan, ammo umri oxirida, xuddi Abu Nuvas kabi, o‘zining axloqsizligidan afsuslanib, yoshligida yozgan har bir lirik sheʼri evaziga xuddi o‘sha qofiya bilan „poklanish“ uchun yozilgan „diniy“ mazmundagi sheʼrlar to‘plamini tuzdi.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibn Abdu Rabbixiy "Noyob marjon" („al-Ikd al-Farid“) adabiy antologiyasining, shuningdek anʼanaviy janrlar (ishqiy lirika, madhiyalar, marsiyalar va boshqalar)ga taalluqli bo‘lgan bir qator sheʼrlar muallifidir. „Noyob marjon“ 25 ta bo‘limdan tashkil topgan bo‘lib, ulardan 12 tasi qaysidir qimmatbaho tosh nomi bilan nomlangan. U Ibn Qutaybaning „Maʼlumotlar manbalari“ („Uyun al-axbar“) asaridan foydalangan holda yozilgan hamda xalifalikning sharqiy viloyatlari adabiyotlari haqida bir qator maʼlumotlarga ega. Muallif turli-tuman ijtimoiy-siyosiy, tarixiy-adabiy va hatto axloqiy masalalarga to‘xtalgan. Ibn Abdu Rabbixiyning „Noyob marjon“ asari Ispaniyada ham, xalifalikning sharqiy viloyatlarida ham juda mashhur bo‘lgan. Kitob shu qadar qiziqarli bo‘lganki, yuqorida aytilganidek, uni ilmiy va badiiy nasr chegarasida bo‘lgan adaba janriga kiritish mumkin.

[1]

  1. Mumtoz arab adabiyoti. Toshkent: Ziyavuddinova M, 2011 — — bet...