Kontent qismiga oʻtish

Ibn Bibi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ibn Bibi Nasruddin Yahyo Ibn Majiduddin Mahmud (? — 1272, Damashq)— tarixchi va adib. Bir muncha vaqt Jaloliddin Manguberdi xuzurida yashagan, soʻng Damashqqa borib (1221) sulton Alouddin Kayqubod saroyida tarjimonlik qilgan va shu bois elda "Yahyo tarjimon" nomi bilan tanilgan. Qator tarixiy asarlar yaratgan, chunonchi uning saljuqiylar tarixiga doir "Al-Avomir al-aloniyya fil-umur il-aloiyya" ("Buyuk ishlar xususidagi oshkora farmonlar") asari koʻproq mashhur boʻlib, Alouddin Kayqubodga bagʻishlangan. Bu asar turk (15-asr), nemis (1902) va shved (1959) tillariga tarjima qilingan. Uning qoʻlyozma nusxalari Moskvadagi Osiyo xalqlari muzeyi, Turkiyadagi AyoSofiya va Germaniyadagi Drezden kutubxonalarida saqlanadi. Asarda Oʻrta Osiyo tarixi va madaniy hayotiga oid maʼlumotlar ham uchraydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil