Ibn Farid
IBN FARID, Sharafiddin Umar ibn Ali Abu Hafs (yoxud Abul Qosim) al-Misriy as-Saʼdiy (1181-1235) — yirik arab mutasavvif shoiri. Qohirada, Xama sh. (Suriya)dan bo‘lgan mol-mulkni taqsimlash bo‘yicha vakil (farid) oilasida tug‘ilgan, laqabi — Ibn al-Farid shundan. Yoshligidan otasi diniy ilmlarni o‘rgatgan. Ibn Asokir va al-Munziriydan hadis ilmidan saboq olgan. Oʻsmirlik chog‘idanoq I. F. odamlardan xoli bo‘lib yashashni yoqtirgan, otasining roziligi bilan al-Muqattam tog‘iga borib uzoq vaqt yolg‘izlikda yashagan. 15 yilga yaqin Hijozda yashab, aksariyat asarlarini o‘sha yerda yozgan. Qohiraga qaytgan I. F. valiy sifatida kutib olingan. I. F. al-Azhar masjididan qo‘nim topgan, uni boylar va kambag‘allar ziyorat qilishgan. I.F, vafotidan so‘ng uning alMuqattam tog‘idagi qabri ziyoratgohga aylangan. I. F. tasavvufga oid 2 mashhur qasida — „al-Xamriya“ va „Nazm as-suluk“ (uni ko‘pincha „at-Taʼiya al-Kubro“ deb atashadi) muallifi bo‘lgan
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]ISLOM ENSIKLOPEDIYASI „Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |