Kontent qismiga oʻtish

Ibn Manda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ibn Manda
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 923-yil (hijriy 311-yil)
Vafoti milodiy 1004-yil (hijriy 395-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Muhammad ibn muhaddis Abu Yaʼqub Isʼhoq ibn hofiz Abu Abdulloh Muhammad ibn Yahyo ibn Manda al-Abdiy al-Isbahoniy (Abu Abdulloh) — muhaddis. U milodiy 923-yil (hijriy 311-yil) tavallud topgan. Asli majusiylardan bo‘lib, Isbahon fath etilganidan keyin Islomni qabul qilgan. Ilm talabi bilan Naysobur, Bag‘dod, Misr, Damashq, Marv, Buxoro, Tarablus, Tinnis va G‘azzada bo‘lgan. Ilm yo‘lida u kishidan ko‘ra ko‘p safarda yurgan, juda ko‘p hadis bilgan va 1700 shayxdan hadis rivoyat qilgan. Uning „al-Imon“ („Ishonch“), „at-Tavhid“ („Yakkaxudolik“), „as-Sifot“ („Sifatlar“), „at-Tarix“ („O‘tmish“), „ash-Shuyux“ („Shayxlar“), „Maʼrifat as-sahoba“ („Sahobalarni tanish“), „Fath al-bob fi-l-kuno va-l-alqob“ („Kunya va laqablar to‘g‘risidagi eshikni ochish“) va boshqa asarlari bor. Sakson to‘rt yil umr ko‘rib, milodiy 1004-yil (hijriy 395-yil) zulqaʼda oyining oxirgi kunlarida vafot etgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar[1].

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 81-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.