Ibn Xamdis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ibn Xamdis (1055-1132)-qadimgi arab shoiri

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibn Xamdis-sitsiliyalik shoir. Sevilyada al-Mu’tamid saroyida yashab ijod qilgan. Vatanini 1078 yilda normandlar istilo qilganidan so‘ng tashlab ketishga majbur bo‘lgan shoir al-Mu’tamidning yaqin do‘stlaridan biriga aylangan va amir vafot etgunicha u bilan birga qolgan. Ibn Xamdis umrining oxirgi yillarini Tunisda La-Mayorka orolida o‘tkazgan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibn Xamdis -Ispaniya tabiatining kuychisi bo‘lgan. Ispaniya manzaralari, ov sahnalari uning sheʼrlari mazmunini tashkil qilgan. Tabiat manzaralarini ifodalashda Ibn Xamdisning fantaziyasi chegara bilmagan. Ibn Xamdis ishqiy hamda zohidlik xususiyatga ega bo‘lgan sheʼrlar (zuhdiyat) yozgan. Uning ushbu janrdagi sheʼrlarida sharqiy arab sheʼriyatining (Umar ibn Abu Rabi’a, Abul Ataxiya) taʼsiri seziladi. Ibn Xamdis sheʼriyati go‘zal va mazmundor bo‘lib, uning obrazlari tekis va ifodali, tili sodda va aniqdir. Subhi sodiqda biz bogʻga tashrif buyurganda U yerdagi irmoq sohillari yalangʻochlangan qilich kabidir. Quyosh haroratining daraxt shohlari orasidan tushgan Nurlari (bogʻni) sayqallayotgandek. Koʻtarilgan ajoyib yarim oyga boq Uning nuri qora zulmatni yorib chiqmoqda. U xuddi kumushdan yasalgan oʻroq kabi, Bogʻlardagi nargis gulini oʻrmoqda[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Adabiyotlar: Mumtoz arab adabiyoti. Toshkent: Ziyavuddinova M, 2011 — — bet...