Ibn Xanb

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ibn Xanb
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 880-yil (hijriy 266-yil)
Vafoti milodiy 961-yil (hijriy 350-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Muhammad ibn Ahmad ibn Xanb al-Buxoriy al-Bag‘dodiy (Abu Bakr) — o‘z zamonasida „Dehqon“ laqabi bilan mashhur bo‘lgan. Muhaddis. Otasi asli buxorolik bo‘lib, Bag‘dodga borib oila qurgan. Abu Bakr milodiy 880-yil (hijriy 266-yil) Bag‘dodda tug‘ilgan va 20 yosh bo‘lganida ota yurti Buxoroga qaytib, shu yerda muqim yashab, qolgan. Ibn Xanb milodiy 961-yil (hijriy 350-yil) vafot etgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 81 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.