Ibn al-Muʼtazz
Qiyofa
Ibn al-Muʼtazz, Abulabbos Abdulloh ibn Muhammad (861.1.11 - Bagʻdod - 908.19.2) - arab shoiri, tilshunos. Abbosiy xalifalardan al-Muʼtazz ibn Mutavakkilning oʻgli. I. al.-M. oʻzining lirikasi bilan arab sheʼriyatini rivojlantiradi, adabiyotga oid risolalar yozadi. U al-Muʼtazid xalifaligiga bagʻishlab masnaviy uslubida asar yozgan. "Kitob ul-adab" ("Xushfeʼllik xaqida kitob", "Fusul ut-tamosil fi taboshir is-surur" ("Shodlik tongini muqoyasa qilish darajalari") kabi asarlari arab adabiyoti tarixini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi. "Kitob ul-badiʼ" ("Yangi uslub haqida kitob") asari Yaqin Sharqda sheʼriyat haqidagi fanga asos boʻldi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |