Ibn hayyon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Marvon
Tavalludi 987
Kordova,Andalusliya
Vafoti 1075
Kasbi tarixchi
Millati barbar
Dini Islom

Ibn Hayyon nomi bilan mashhur bo‘lgan Abu Marvon Hayyon ibn Xalaf ibn Husayn ibn Hayyon al-Qurtubiy (arab. ابن حيَّان القرطبي) (987–1075) andaluslik barbar [1]musulmon tarixchisi edi. Kordovada tug‘ilgan otasi Andalusiya hukmdori al-Mansur saroyida muhim amaldor bo‘lgan va tarixga oid bir qancha asarlar yozgan, ular qisman saqlanib qolgan. Ibn Hayyonning kitoblari Andalusiya tarixi, ayniqsa Kordova tarixi va toifalar podshohliklarini o‘rganish uchun eng muhim manbalardan biri hisoblanadi. Uning asari, shuningdek, o‘zi “Majus” [2] deb atagan Viking bosqinchilari haqida dastlabki ma’lumotlarni beradi. i

bn Hazm singari u ham Umaviylar sulolasini qo‘llab-quvvatlagan. 1075-yilda Kordovada vafot etgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibn Hayyonga quyidagi asarlar nisbat berilgan: “Tarix Fuqaho Qurtuba”.

“Al-Kitob allazi juma’a fihi bayna Qoytboy al-Qabboshiy va Ibn Afif”.

“Intijob al-jamil li maʼosir Banu Xattob”.

“Al-Axbar fid-davla al-Omiriyya”. (100 jild)

“Al-Batsha al-kubro”. (10 jild)

“Al-Muqtabis fi tarix al-Andalus” (10 jild)[3]

“Kitob al-matin”


Uning eng mashhur asarlari “al-Muqtabis” va “al-Matin”dir.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. R. Menocal, Maria. "The Literature of Al-Andalus" (English). Cambridge University Press, 2000 — 87 bet. 
  2. Christys, Ann. Vikings in Spain. Bloomsbury, 2015 — 21 bet. ISBN 9781474213752. 
  3. Meouak, Mohamed, "Kitāb al-muqtabis fī ta'rīkh rijāl al-Andalus, part of Al-ta'rīkh al-kabīr." Christian-Muslim Relations. A Bibliographical History. , 2012. Reference. 27 February 2012 <http://referenceworks.brillonline.com/entries/christian-muslim-relations/kitab-al-muqtabis-fi-tarikh-rijal-al-andalus-part-of-al-tarikh-al-kabir-COM_23341>


  • Abd al-Rahman al-Hajji (ed.), Al-Muqtabis. Beirut: 1965. Partial Spanish translation in F. Corriente and M.J. Viguera, Cronica del Califa Abdurrahmen III entre les anos 912 y 942 (Zaragoza, 1981)
  • David J. Wasserstein. The Caliphate in the West: An Islamic Political Institution in the Iberian Peninsula.