Ibod Asmatullayev
Qiyofa
Asmatullayev Ibod Tupoyoq — 1869-yili tug‘ilgan, Shovat rayoni Shovat qishlog‘idan, o‘zbek, sobiq savdogar, quloqqa tor- tilgan. 1932-yili paxta rejasini topshirmagani uchun 5 yil qamoqqa hukm etilgan, jazoni o‘tagan. Hibsga olingunga qadar yakka xo‘jaligi bo‘lgan. Aksilinqilobiy, isyonchi tashkilot a’zolari bilan bog‘langani sababli aksilinqilobiy, isyonchilik targ‘iboti olib borganlikda, urush haqida ig‘vo mish-mishlar tarqatganlikda, kolxozchilar orasida tez orada sovet hokimiyati mag‘lubiyatini va xonlik tuzumining tiklanishini xudodan tilab ibodat qilishga da’vat etganlikda ayblangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 70-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.