Ibodiyev Abduvahob
Ibodiyev Abduvahob, Mulla Abduvahob Ibodiy (1877, Qoʻqon — 1943) — Oʻzbekistonda maorif tashkilotchilaridan, taraqqiyparvar muallim. 23 yoshidan maorif ishlari bilan shugʻullangan. Madrasada tahsil olgach, 1901-yil Qoʻqonda "Maktabi voqiya" ("Hayot maktabi") deb nomlangan yangi usuldagi maktab ochdi va oʻzi muallimlik qildi. Keyinchalik maktab "Irfon" ("Ilm") deb nomlandi va 1918/19 oʻquv yilidan 1namuna xalq maktabiga aylantirildi. Bu yerda oʻzi mudir va muallim boʻlib ishladi. 1919-yil yetim va muh-toj bolalar uchun Qoʻqonda 100 oʻrinli internat tashkil etildi va I. unga mudir qilib tayinlandi. 1923-yil I Qoʻqon sh. maorif boʻlimining topshi-rigʻi bilan 2 bosqichli oʻzbek maktabini tashkil etdi (1-bosqich 1—3 sinf, 2-bosqich 4—5 sinfdan iborat boʻlgan) va shu maktabda mudir hamda muallim boʻlib ishladi. Akademik Tesha Zohidov, shoir va publitsist Shokir Sulaymon va boshqalar shu maktabni tugatganlar. 1927-yil internatlar qayta tashkil etilishi munosabati bilan I. bolalar uyida kariyb 10-yil mudir boʻlib ishladi. I. yangi usul maktablari uchun nashr qilingan "Tahsil-ul alifbo" ("Alifbo oʻqishi", Toshkent, 1912) alifbe kitobi, "Eʼtiqodi islomiya" ("Islom eʼtiqodi", Toshkent, 1914) qoʻllanmasi muallifi. "Mehnat qahramoni" (1936). Qatagʻonga uchrab 1937-yil 16sent. da qamoqqa olingan va oʻsha yerda vafot etgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |