Kontent qismiga oʻtish

Ibodulla Boymurodov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ibodulla Boymurodov (1940.25.3, Pastdargʻom tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Samarqand Davlat Universitetining matematika fakultetini tugatgan (1971). 1963-yildan Pastdargʻom tumanidagi 9, 74-maktablarda, 1976-yildan Nurobod tumanidagi 15-maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi. Boymurodov darslarni koʻrgazmali qurollar asosida samarali tashkil etishga katta ahamiyat beradi, har bir oʻquvchi bilan yakkamayakka ishlab, ularni mustaqil fiqolashga, ogʻzaki nutqini oʻstirishga harakat qiladi. "Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini oʻyinlar orqali tarbiyalash" mavzuini ishlagan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil