Kontent qismiga oʻtish

Ibodulla Nazrullayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ibodulla Nazrullayev (1927, Gʻijduvon) — usta kulol, Gʻijduvon kulollik maktabining 6-avlod vakili. Gʻijduvon kulollik anʼanalarini rivojlantirgan. Gʻijduvonlik usta Usmon Umarovdan hunar oʻrgangan. N. yaratgan buyumlar (kosa, lagan, piyola va boshqalar) be-zagi nafis ranglar uygʻunligi va jilosi, mujassamotlar yechimi hamda jozibasi bilan ajralib turadi, anʼanaviy islimiy, handasiy naqshlarni keng qoʻllagan. N. ijodida real mujassamotlar bilan bir qatorda afsonaviy qush tasvirlari ham oʻz aksini topgan. Ayniqsa, ustaning tovus tasviri tushirilgan (tovoqilabgardon kabi) laganlari mashhur; qoshiya naqshlarda anʼanaviy toʻlqinsimon oʻsimlik novdalari tasviri, handasiy naqshlarni keng qoʻllaydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil