Kontent qismiga oʻtish

Ibrahim Abboud

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ibrahim Abboud
إبراهيم عبود
1-Sudan Prezidenti
Mansab davri
17-noyabr 1958-yil – 16-yanvar 1964-yil
Prezident Ibrahim Abboud
Oʻtmishdoshi Sudan suvereniteti kengashi (1955–1958)
Vorisi Sirr Al-Xatim Al-Xalifa
3-Sudan Bosh Vaziri
Mansab davri
18-noyabr 1958-yil – 30-oktyabr 1964-yil
Oʻtmishdoshi Abdallah Xalil
Vorisi Sirr Al-Xatim Al-Xalifa
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 26-oktyabr 1900-yil
Suakin, Sudan
Vafoti 8-sentyabr 1983-yil(1983-09-08)
(82 yoshda)
Xartum, Sudan Demokratik Respublikasi
Fuqaroligi Sudan

General Ibrahim Abboud (1900-yil 26-oktyabr – 1983-yil 8-sentyabr) 1958-1964-yillarda Sudan davlati rahbari va 1964-yilda Sudan Prezidenti boʻlib ishlagan siyosiy davlat arbobi. Biroq u prezidentlik lavozimida ko'p o'tirmaydi va Sudanning harbiy boshqaruvining birinchi davrini tugatadi[1].

Askar Abboud 2-jahon urushida Misr va Iroqda xizmat qilgan[2]. 1949-yil Abboud Sudan armiyasining Bosh qo'mondoni oʻrinbosari boʻladi[2]. Mustaqillikka erishgach, Abboud Sudan harbiylari Bosh qoʻmondoni boʻldi [2].

Ibrahim Abboud 1900-yil 26-oktabrda Qizil dengizdagi Suakin eski port shahri yaqinidagi Muhammed-Gol shahrida tugʻilgan. U Gordon memorial kollejida va Xartumdagi harbiy kollejda muhandislik boʻyicha tahsil olgan. U 1918-yilda Misr armiyasidan buyruq oladi va 1925-yilda bu armiya tarkibidan ajratilgandan soʻng Sudan mudofaa kuchlari tarkibiga o'tadi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Eritreya, Efiopiya, Sudan mudofaa kuchlari va Shimoliy Afrikadagi Britaniya armiyasida xizmat qiladi. Urushdan keyin 1949-yilda Sudan Mudofaa kuchlari qoʻmondoni va 1954-yilda Bosh qoʻmondoni o'rinbosari bo'lib xizmat qiladi[3]. 1956-yilda Sudan mustaqilligi eʼlon qilinishi bilan u Sudan harbiy kuchlarining Bosh qoʻmondoni etib tayinlanadi[4].

1956-1958-yillarda Sudanning har ikki yirik partiyasining millatchi yetakchilari davlat qurish, iqtisodni rivojlantirish va doimiy konstitutsiya yaratish kabi bir qarashda hal qilib boʻlmaydigan muammolarga yechim topishga intilishdi. Na Demokratik ittifoqchilar partiyasi (Sudan) rahbari va birinchi Sudan Bosh vaziri Ismail al-Azhari, na uning raqibi Umma partiyasi yetakchisi va al-Azharining vorisi bosh vazir Abdallah Xalil siyosiy tizimning zaif tomonlarini yenga oldi yoki mamlakat muammolari bilan kurasha oldi. Parlament hukumati shu qadar obroʻsizlantirildiki, avvallari siyosatdan uzoqda boʻlgan general Abboud 1958-yil 17-noyabrda oʻz soʻzi bilan aytganda, „mamlakatning tanazzul, tartibsizlik va beqarorlik holati“ni yakuniga yetkazish uchun davlat toʻntarishiga rahbarlik qildi. Davlat kengashi, Vazirlar mahkamasi, parlament va barcha siyosiy partiyalar tarqatib yuborildi, konstitutsiya faoliyati toʻxtatildi[5].

Harbiy hukumat boshligʻi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avvaliga Abboud va uning hukmron Oʻn ikki Oliy Kengashi Sudan siyosatchilari va xalqining soʻzsiz qoʻllab-quvvatlashiga ega edi. Mamlakat siyosatchilarning fitnalaridan charchagan va armiyaga samarali va buzilmaydigan boshqaruvni boshlashga ruxsat berishga tayyor edi. Harbiy hukumatning dastlabki bir necha oylarida faqat harbiylar ichida qarshilik mavjud edi. Bu yuqori martabali harbiy rahbarlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklar natijasi edi. Ammo bir yil ichida koʻplab yosh ofitserlar Abboudning pozitsiyasiga qarshi chiqishdi. Ularning barchasi tezda bostirildi.

Abboud rejimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ibrahim Abboud Yugoslaviyaga tashrifi davomida, 1960-yil, iyul

Abboud Sudan muammolarini hal qilish uchun tezda harakat qildi. Muvaqqat konstitutsiya faoliyati toʻxtatildi va barcha siyosiy partiyalar tarqatib yuborildi. Sudan paxtasining narxi pasaytirildi va 1958-1959-yilgi hosilning ortiqcha qismi sotildi va moliyaviy inqiroz yengillashtirildi. Misr bilan Nil suvlarini boʻlish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi. Garchi Sudan koʻpchilik sudanliklar „adolatli“ deb oʻylaganchalik katta ulush olmagan boʻlsa-da, Misr Sudanning mustaqilligini tan oldi va chegaradagi mojarolar toʻxtadi. Nihoyat, 1961-yilda Sudanning paxta eksporti va koʻplab xorijiy ishlab chiqarish importlariga qaramligini tugatish uchun moʻljallangan 10 yillik rivojlanish rejasi ishga tushirildi.

Abboud muhim iqtisodiy muammolar bilan shugʻullangan va tashqi aloqalarni yaxshilagan boʻlsa-da, u armiyadan tashqarida siyosiy izdoshlarni shakllantirish uchun oʻz muvaffaqiyatlaridan foydalanishga unchalik urinmadi. Uning siyosiy mustaqilligi hukumatni kuch ishlatmasdan hokimiyatda qolishi uchun qatʼiy harakat qilish imkonini berdi. Lekin uning harakatlari koʻpincha aholining katta qatlamlari uchun boʻlmadi.

„Janubiy muammo“

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ibrahim Abboud bilan Prezident Kennedy Oq uyda, 1961-yil

Oʻzining zaif tomonlariga qaramay, Abboud hukumati „janubiy muammo“ boʻlmaganda uzoqroq davom etishi mumkin edi. Abboud shaxsan mashhur edi yoki hech boʻlmaganda hurmatga sazovor edi. U hatto 1961-yilda Oq uyga taklif qilingan, u yerda Prezident Jon Kennedy Sudanni qoʻshnilari bilan tinch-totuv yashashda yaxshi oʻrnak koʻrsatgani uchun maqtagan[6].

Biroq arab boʻlmagan, musulmon boʻlmagan Sudan janubidagilar orasida harbiy hukumatning oʻzboshimchalik bilan hukmronligi shimoldagidan koʻra koʻproq salbiy reaksiyaga sabab boʻldi. Ya'ni hukumatning janubda arablashtirish va islomni yoyish boʻyicha kuchli dasturi maktablarda ish tashlashlar va qishloqlarda ochiq qoʻzgʻolonlarni keltirib chiqardi. Hukumatga qarshilik kuch bilan qarshi olindi va koʻplab janubliklar qoʻshni davlatlarga qochqin boʻlib ketishdi. 1963-yilga kelib mojaro fuqarolar urushiga koʻtarilib, shimoliy qoʻshinlar shaharlarni, janublik fuqarolar qishloqlarni kezib yurishgan. Abboud kuchlari sababli Kodok, Yei va Maridida koʻp sonli oʻlimlar boʻlgan va umuman Umar al-Bashi davriga qadar, uning hukumati ungacha boʻlgan boshqa davlat rahbarlariga qaraganda koʻproq Sudan xalqining oʻlimi uchun javobgar boʻlgan[7]. Nihoyat, 1964-yil avgust oyida Abboud janubdagi paydo boʻlgan katta guruhning muammonlari oʻrganish va uni hal qilish boʻyicha tavsiyalar berish uchun 25 kishidan iborat komissiya tuzdi. Komissiya, oʻz navbatida, „janubiy masala“ boʻyicha jamoatchilik muhokamasini soʻraganida, Khartoum Universiteti talabalari bir qator munozaralarni boshladilar. Jarayon tez orada maʼmuriyatning barcha jabhalarini ochiq tanqid qilish forumiga aylandi. Hukumat bu munozaralarni taʼqiqlab qoʻyd va bu bir talabaning oʻlimiga sabab boʻldi. Natijada talabalar namoyishlarini tezlashtirdi. Vaziyat tezda yomonlashdi va ikki kun ichida davlat xizmati va transport xodimlari ish tashlashdi. Viloyatlarda namoyishlar boʻlib oʻtdi[8]. Muxolifatni qurolli kuch va qon toʻkish orqali bostirish oʻrniga, Abboud 1964-yil 26-oktyabrda hukumatini tarqatib yubordi va Oliy Kengash oʻrniga Sir Al-Xatim Al-Xalifa qoʻli ostida vaqtinchalik vazirlar mahkamasini tuzishga ruxsat berdi[5]. Abboud 15-noyabrda vaqtinchalik fuqarolik hukumati foydasiga isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi[3] va shu tariqa Sudan Respublikasi harbiy boshqaruvining birinchi davri tugadi.

Abboud bir necha yil Britaniyada yashab, 1983-yil 8-sentabrda 82 yoshida Xartumda vafot etdi[9].

  1. Biography of El Ferik Ibrahim Abboud at bookrags.com
  2. 2,0 2,1 2,2 The International Who's Who 1972-73. London: Europa Publications, 1972 — 2-bet. ISBN 0900362480. 
  3. 3,0 3,1 Harris M. Lentz. Heads of States and Governments Since 1945. Routledge, 4 February 2014 — 709-bet. ISBN 978-1-134-26490-2. 
  4. „Sudan Embassy in Canada“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-sentyabr.
  5. 5,0 5,1 J. Paxton. The Statesman's Year-Book 1973-74: The Encyclopaedia for the Businessman-of-the-World. Springer, 28 December 2016 — 1333–-bet. ISBN 978-0-230-27102-9. 
  6. Welcoming Remarks to President Abboud of the Republic of the Sudan at Andrews Air Force Base, 4 October 1961, http://www.jfklibrary.org/Asset-Viewer/Archives/JFKWHA-051-002.aspx
  7. Mawut Achiecque Mach Guarak. Integration and Fragmentation of the Sudan: An African Renaissance. AuthorHouse, 21 February 2011 — 118–-bet. ISBN 978-1-4567-2356-9. 
  8. Berridge, William „50 years on: Remembering Sudan's October Revolution“. africanargumanets.org. African Arguments (2014-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 5-sentyabr.
  9. Treaster, Joseph „IBRAHIM ABBOUD, 82, WAS SUDAN'S LEADER FROM 1958 TO 1964“. The New York Times (1983-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 3-sentyabr.

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]