Kontent qismiga oʻtish

Ibrohim Ergashev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ibrohim Ergashev (1980-yilda tug‘ilgan) — Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori[1][2][3]. Avval O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi rahbari boʻlib ishlagan. 2021-yil 10-noyabr kunidan Oʻzbekiston prezidentining PQ-5-sonli qarori muvofiq ushbu lavozimda faoliyat koʻrsatadi[1].

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan. 2001—2008-yilar oraligʻida tashqi savdo kompaniyasi hisoblangan „O‘zmarkazimpeks“da turli lavozimlarda ishlagan. Kompaniyaning Pekindagi vakolatxonasini 2009-yilgacha boshqargan. 2009—2010-yillarda bosh mutaxassisi boʻlib Intreyd firmasi, 2010-yildan „O‘zmarkazimpeks“ga tegishli bo‘lgan O‘zbekiston-Bangladesh korxonasi direktori bo‘lgan. 2010-2012-yillarda „O‘zmarkazimpeks“ boshqaruvi raisining o‘rinbosari, 2012—2013-yillarda tashqi savdo kompaniyasi rahbari lavozimlarida ishlagan[2].

  1. 1,0 1,1 „O‘simliklar karantini agentligiga bosh direktor tayinlandi“.
  2. 2,0 2,1 „Ibrohim Ergashev O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasiga rahbar bo‘ldi“. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
  3. „Ibrohim Ergashev O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasiga rahbar bo‘ldi“. 2022-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.