Ibrohim I Darbandiy
Ibrohim I Darbandiy (? — 1417) — darbandiya sulolasi asoschisi, Shirvon shohi (1382—1417). I I rivoyatlarga koʻra, Anushirvon naslidan boʻlib, davlatni adolat va tadbirkorlik bilan idora qilgan. Amir Temur bilan Toʻxshamishnpng manfaatlari Ozarbayjonda toʻqnash kelganda (1385—86) u Shirvonni mustahkamlash va unga Ozarbayjonning boʻlak yerlarini birlashtirish siyosatini ustalik bilan amalga oshirgan. Chunonchi, I. I Amir Temurdek jahongirga qarshilik koʻrsatmoq akldan emasligini idrok etib, darhol uning nomiga xutba oʻqitgan, tanga zarb qildirgan. Soʻng , katta hadyalar bilan yoʻliga peshvoz chiqib, unga itoatkorlik bildirgan va bu bilan u oʻz joni, taxti hamda mamlakatini omon saqlab qolgan. Amir Temur va-fot etgach (1405), I. I temuriylar oʻrtasida boshlangan taxt uchun kurashdan foydalanib, Ozarbayjon mulkdorlari yordamida Shirvon mustaqilligini tiklagan, Gurjiston bilan ittifoqlikda Tabrizni egallagan (1406). Pekin u ittifoqchilari — Kaxetiya podshohi va Sheki hokimi bilan birgalikda qora qoʻyunlilarga qarshi jang qilib yengilgach (1410), Shirvon yana oʻz mustaqilligini yoʻqotgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |