Ibrohim Ishtixoniy
Qiyofa
Ibrohim Ishtixoniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Roviy |
Ibrohim Ishtixoniy (arabcha: ابراهيم اشتيخاني — Ibrohim ibn Hamdavayh ibn Qutn Ishtixoniy) — roviy.
Ibrohim Ishtixoniy oʻrta asrlarda Ishtixonda tavallud topgan. Hadis ilmiga oid boshlangʻich taʼlimni otasi Hamdavayh Ishtixoniydan olgan.
Ustozi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Keyinchalik Abu Ali Sukkoniy, Abu Abdulloh Nuh ibn Janoh Mojarmiy kabi allomalardan hadis ilmining sir-asrorlarini oʻrgangan. A.Ataevning „Jizzax allomalari“ nomli kitobida keltirilishich Ibrohim Ishtixoniy tomonidan keltirilgan hadislarni aksariyati Abu Muso Imron ibn Idris Ishtixoniy va Abulabbos Ahmad Nundiy Samarqandiylardan rivoyat qilingan[1].
Shogirdi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibrohim Ishtixoniydan Abu Muhammad Nasr ibn Hamavayh Kamarjiy Soʻgʻdiy hadislarni Muhammad ibn Muso Soʻgʻdiy vositasida rivoyat qilgan[2].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Qarang: Najmiddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy. Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand. — Tehron, 1999. — B. 610.; Ataev A. Jizzax allomalari. — T.: Adib, 2014. 61.
- ↑ Qarang: Ataev A. Jizzax allomalari. — T.: Adib, 2014. — B. 64.; Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. — B. 22.