Ibrohim Loʻdiy
Qiyofa
Ibrohim Loʻdiy (?-1526) — Loʻdiylar sulolasining uchinchi va soʻnggi vakili, Dehli sultoni (1517—1526). 1517-yil otasi Sikandar (1488—1517) vafotidan soʻng taxtga oʻtirgan. Ibrohim Loʻdiy oʻz xukmronligi davrida ichki nizolarga barham berib, markaziy xokimiyatni mustahkamlagan, qoʻshni Gvalior rojasi Vikramajit va Mevar rojasi Rano Sango ustidan gʻalaba qozongan. Ammo, 1526-yil Bobur bilan boʻlgan Panipat jangida yengilib, halok boʻlgan.
Ibrohim Loʻdiy davrida mamlakatda ilm-fan va madaniyat birmuncha taraqqiy etgan. Oʻsha vaqtlarda bunyod etilgan bir qancha meʼmoriy yodgorliklar hozirgacha saqlanib qolgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |