Kontent qismiga oʻtish

Ibrohim Sodiqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ibrohim Solihovich Sodiqov
Tavalludi 5-yanvar 1952-yil (1952-01-05) (72 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi aloqa yoʻllari muhandisi
Sohasi avtomobil yoʻllarini qurish va ekspluatasiya qilish
Taʼlimi Toshkent politexnika instituti
Ilmiy darajasi texnika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Ibrohim Solihovich Sodiqov (1952-yil, 5-yanvar, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori (2001), professor (2001).

Ibrohim Sodiqov 1952-yil 5-yanvar Toshkent shahrida tugʻilgan[1]. 1969—1974-yillarda Toshkent politexnika institutida tahsil olgan. Mutaxassisligi aloqa yoʻllari muhandisi. 1974—1975-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti stajyor-oʻqituvchisi, 1975—1976-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti yoʻllarni qidirish va loyihalash kafedrasi assistenti, 1979—1983-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti yoʻllarni qidirish va loyihalash kafedrasi assistenti, 1983—1985-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti yoʻllarni qidirish va loyihalash kafedrasi katta oʻqituvchisi, 1985—1992-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti yoʻllarni qidirish va loyihalash kafedrasi dotsenti, 1995—2000-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti yoʻl qurilishi fakulteti dekani, 2000—2001-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti iqtisodiyot va tadbirkorlik ishlari boʻyicha prorektori, 2001—2003-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash boʻyicha prorektori, 2003—2012-yillarda Jizzax politexnika instituti rektori[2], 2012—2013-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti avtomobil yoʻllari va aerodromlar kafedrasi professori, 2013—2017-yillarda Lugansk milliy agrar universiteti „Yer boshqaruvi va avtomobil yoʻllarini qurilishi va geodeziya“ kafedrasi professori, 2018—2020-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti avtomobil yoʻllarini qurish va ekspluatatsiya qilish kafedrasi professori vazifasida faoliyat olib borgan. 2020-yildan Toshkent davlat transport universiteti avtomobil yoʻllarini qurish va ekspluatatsiya qilish kafedrasi professori[1][3].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibrohim Sodiqov 1976—1979-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti aspiranturasida, 1992—1995-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti doktoranturasida oʻqigan. 1982-yilda „Bir xil sathda kesishuvchi yoʻllarning chorrahasini koʻchirilgan chapga burilish bilan loyihalash“ mavzusida nomzodlik dissertasiyasini 2001-yilda „Avtomobil yoʻllarining transport-ekspluatasion sifatlarini prognozlash va boshqarish“ mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan. 170 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 7 ta darslik, 3 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta monografiya, 2 ta patent, 18 ta uslubiy ishlanma muallifi[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet. 
  2. „Institut tarixi“. 2023-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
  3. „Sadikov Ibragim Salixovich“.