Kontent qismiga oʻtish

Ibrohim Yusupov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ibrohim Yusupov (1935.5.3, Urganch) — balet artisti, baletmeyster, rejissor Oʻzbekiston xalq artisti (1983). Toshkent xoreografiya bilim yurtini (1955), Moskva teatr sanʼati institutini (1964) tugatgan. Navoiy nomidagi opera va balet teatri pedagog va repetitor, 1977 — 78 yillar Varshava katta teatrida mumtoz raqs oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. Alberto (A.Adan, "Jizel"), Zigfrid (P.Chaykovskiy, "Oqqush koʻli"), Garmodiy (A.Xachaturyan, "Spartak"), Bunyod (M.Ashrafiy, "Semurgʻ"), Shahriyor (N.RimskiyKorsakov, "Shahrizoda") va boshqalar Yu. sahnada yaratgan eng yaxshi obrazlaridir. "Toʻmaris", "Spartak", "Muhabbat va qilich", "Ming bir kecha", "Semurgʻ", "Medeya", "Chipollino", "Korsar", "Temur Malik", "Uch palma" kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Uning "Toʻmaris", "Temur Malik" spektakllari asosida filmbaletlar, shuningdek, "Tojikfilm"da "Sharq afsonasi" filmbaleti ishlangan. Yu. ijodi raqslardagi aniq chizgilari, muayyan uslubga mutanosibligi, mumtoz raqslarga alohida eʼtibori, oʻzbek milliy raqs harakatlarini balet raqslariga ustalik bilan uygʻunlashtira olishi bilan ajralib turadi. Misr, Suriya, Hindiston, Yaponiya, Singapur, Seylon, Gonkong, Livan, Vengriya, Vyetnam kabi mamlakatlarda gastrolda boʻlgan.