Kontent qismiga oʻtish

Ibrohim al-Quboviy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ibrohim al-Quboviy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1003-1004-yil (hijriy 394-395-yil)
Vafoti milodiy 1079-yil (hijriy 471-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi shayx

(Abu Isʼhoq) Ibrohim ibn Ali ibnal-Husayn al-Quboviy as-Sufiy (hijriy 394-yil (milodiy 1003) yoki 395-yil (milodiy 1004-yil)da tugʻilib, 471-hijriy yilning jumaduloxir oyi (milodiy 1079-yil)da vafot etgan) — Sug‘dda sufiylarning shayxi, to‘g‘ri yo‘ldan yuruvchi, Qurʼondan ko‘p dars beruvchi, uzoq vaqt sukut saqlaydigan, faqat o‘ziga tegishli ishlarga aralashadigan qalbi pok inson bo‘lgan. U Movarounnahrda tug‘ilgan bo‘lsa-da, lekin bolaligidayoq u yerdan chiqib, ko‘p yillarni musofirchilikda o‘tkazgan. Xuroson, Eron va Hijozga safar qilgan. So‘ngra Sug‘dda muqim yashab, uni vatan tutingan. Umrining oxirigacha shu yerda istiqomat qilgan. Sug‘dda undan ko‘plar hadislar rivoyat qilganlar. Undan eshitgan hadislarning barchasi sahih edi. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar[1].

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 84-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.