Ibrohim as-Sonjaniy
Qiyofa
Ibrohim as-Sonjaniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 908-yil (hijriy 295-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | imom |
(Abu Isʼhoq) Ibrohim ibn Muʼaqqal ibn al-Hajjoj ibn Xidosh ibn Xudayh as-Sonjaniy an-Nasafiy (hijriy 295-yil (milodiy 908-yil)da vafot etgan) — mashhur imom. Ilm talabida Hijoz, Iroq, Shom va Misrga safar qilgan. Nasaf ahlining imomi va qozisi bo‘lgan. Fiqh va hadisni yaxshi biluvchi ulug‘ imom bo‘lgan. Hadislarni tasnif qilishda mashhur bo‘lgan. „Kitobu-t-tafsir“ („Tafsir kitobi“), „Kitobu-l-musnad“(„Musnad kitobi“) va boshqa asarlar yaratgan. Imom Buxoriyning „al-Jomiʼ as-sahiyh“ („Ishonchli to‘plam“) asaridan rivoyat qilgan. U o‘sha kitobdan rivoyat qilgan so‘nggi olimlardan bo‘lgan. U ulamolardan, undan esa boshqalar rivoyat qilganlar[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 82-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |