Kontent qismiga oʻtish

Ibrohim masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ibrohim masjidi – Hong Kongning Vonkok shahrida joylashgan masjid. Bino Hong Kongda qurilgan eng oxirgi oltinchi masjid hisoblanadi. Ibrohim masjidi United Welfare Union Hong Kong Limited[sayt ishlamaydi] tomonidan qurilgan boʻlib, aynan ushbu tashkilot tomonidan boshqariladi[1].

2011-yil mart oyida bir guruh musulmonlardan tashkil topgan jamoa Xitoy hukumatiga yangi masjid qurilishi uchun yer soʻrab murojaat qiladi. Hukumat tomonidan bir yil muddatga mamlakatning maʼlum bir qismidan yer taklif qilinadi, biroq ushbu taklif keyinchalik rad etilib, uning oʻrniga masjidni qurish uchun Hoi Wan Road yeri qulayroq deb topiladi. 2012-yilning 20-sentyabrida hukumatning yer boʻlimi ushbu arizani maʼqullaydi va 2013-yilning 1-fevralida masjid uchun kerakli maydon Hong Kong Birlashgan farovonlik ittifoqiga topshiriladi.

Masjid qurilishi 2013-yil iyul oyida boshlangan boʻlib, 2013-yil 24-noyabrda qurib bitkaziladi va rasman ochiladi[2][3][4].

Masjid uchun berilgan ijara muddati tugagach, yer maydoni 2019-yil oxirigacha hukumat tomonidan qaytarib olinadi. Biroq 2019-yilda ushbu masjid uchun boshqa bir muqobil yer maydonini taklif qiladi. Yangi binoning qurilish ishlari 2020-yil iyul oyida boshlanadi. 2020-yil 1-yanvarda qurilish qisman yakunlanadi. Keyinchalik avvalgi masjid buzib tashlanadi va Ibrohim masjidi rasman Mong Kokdagi yangi joyga koʻchiriladi.

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid musulmonlar uchun bir qancha qulayliklarga ega. Jumladan, ushbu binoda tahorat xonasi, dars xonalari, majlislar zali va imom xonasi ham mavjud. Ular diniy va madaniy qadriyatlar va meʼyorlarga koʻra ayollar va erkaklar uchun alohida-alohida xonalarga ega.

Masjidga borish yoʻli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidga Hong Kong metropolitenining Mong Kok bekati C2 chiqish joyidan piyoda yetib borish mumkin[5].

  1. „Masjid Ibrahim in Yau Tsim Mong District, Kowloon“. salatomatic.com. 2014-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-aprel.
  2. „Newsletter“. Islamic Union of Hong Kong (2013-yil sentyabr). 2015-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-mart.
  3. „Opening Ceremony of Masjid Ibrahim (Ibrahim Mosque), Yau Ma Tei, Hong Kong, Article & Images, Page 01/04“ (ar). Hazrocity.com (2013-yil 30-noyabr). 2014-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-aprel.
  4. Highlights Of Masjid lbrahim Yau Ma Tei Kowloon Hong Kong 2013.
  5. „Ibrahim Mosque, Yau Ma Tei,, Hong Kong - Islamic Centers, Masjids Mosques, Muslim Owned Businesses, Islamic Schools and Colleges“. Islamicfinder.org (2014-yil 9-yanvar). 2014-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-aprel.