Ibrohim qiziq Teshaboyev
Ibrohim qiziq Teshaboyev (1899 -Andijon — 1985) — oʻzbek xalq qiziqchisi. 9 yoshidan otasi — Tesha qoʻgʻirchoqboz yonida, 10 yoshidan Komil simdor toʻdasida qiziqchi. Keyinroq rus qiziqchi-masharabozlari bilan "Shayton", "Asalari", "Oʻlik sotdi" tomoshalarini koʻrsatgan. F. Yupatov (1923— 26), "Sharq" (Namangan, 1926—28) dirklarida, Turgʻun dorboz va Orif garmon Toshmatov toʻdalarida (1928— 42), Oʻzbek davlat dirkida (1942—47) qiziqchilik qilgan. 1947 yil dan Andijondagi Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi qoshidagi ansamblda shogirdi Gʻ. Yunusov bilan tomoshalar koʻrsatgan, ashulachilarga muqallid qilgan. Askiya janri boʻyicha oʻtkazilgan koʻriklarda qatnashgan. "Oshxona", "Bozordagi sartarosh", "Dangasalar", "Toʻy", "Bemaza ashulachi" kabi kulgihikoyalar yaratgan. Qad. qiziqchilik tomoshalari ("Bola oʻqitish", "Yurak ogʻrigʻi" kabi) ni tiklashda sanʼatshunoslarga yordam bergan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qodirov M., Masharaboz va qiziqchilar sanʼati, T., 1971.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |