Kontent qismiga oʻtish

Ibrohim ziyoratgohi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ibrohim ziyoratgohi (aholi orasida Lal Shahbaz Dargoh nomi bilan tanilgan) — Hindistonning Gujarat shtatidagi Kutch tumani Bhadresar shahridadagi ziyoratgoh. Taxminan 1160-yilda qurilgan. Bu Hindistonda saqlanib qolgan islom yodgorliklaridan biridir[1].

Tavsifi va tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kichkina devor bilan oʻralgan ziyoratgoh toʻrtburchak piramida shaklidagi gumbazga ega boʻlib, ichi dumaloq va sakkizta ustuni bor. Ayvonning tomi tekis boʻlib, 9×3 oʻlchamdagi kichik kvadratlarga boʻlingan, har birining ichida lotus gullari bor. Arxitrav atrofida, tok bilan bezatilgan devor boshi yoʻlagi tepasida katta kvadrat kufiy belgilarda arab yozuvlari yozilgan. Devorning oʻng tomonida esa ikki qator bitik chizilgan. Saroyda baʼzi qabrlarda kufiy yozuvlari ham bor. 1160-yilda qurilgan bu epigraflar Hindistonda kufiy yozuvining birinchi qoʻllanilganligini koʻrsatadi. Yodgorlikdagi yozuvga koʻra, u Ibrohim ziyoratgohidir[2][3][4].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shokoohy, Mehrdad. Bhadreśvar: The Oldest Islamic Monuments in India. BRILL, 1988 — 14 bet. ISBN 9789004083417. 
  2. Shastri. „Epigraphs from Sultanate period in Guj show integration of faiths“. The Times of India (2012-yil 24-fevral). 2014-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-dekabr.
  3. Gazetteer of the Bombay Presidency: Cutch, Palanpur, and Mahi Kantha (Public Domain text). Printed at the Government Central Press, 1880 — 215 bet. 
  4. James Burgess. Report on the Antiquities of Kutch & Kathiawar: Being the Result of the Second Season's Operations of the Archaeological Survey of Western India, 1874-1875. London: India Museum, 1876 — 205–210 bet. 2016-yil 27-avgustda qaraldi.  Alt URL

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]