Ibrohimjon Musayev
Ibrohimjon Musayev | |
---|---|
Ibrohimjon Musayev | |
Tavalludi | 1941-yil |
Taʼlimi | Toshkent tibbiyot oliygohining Davolash kulliyoti |
Kasbi | Shifokor |
Ibroximjon Musayev – malakali shifokor. Faoliyati davomida Axsi uchastkasi shifoxonasida bosh hakim boʻlgan[1].
Hayoti va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibroximjon Musayev 1941-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Uychi tumani Axsi qishloq Kengashida tugʻilgan. Maktabni tugallab, Toshkent tibbiyot oliygohining Davolash kulliyotida oʻqigan. Shifokorlik diplomini olgach, Axsi uchastkasiga ishga kirgan. Keyinchalik shu shifoxonaga bosh hakimlikka tayinlangan. 1964—1968-yillarda nohiya markaziy shifoxonasining quloq, tomoq, burun kasalliklari boʻlimida faoliyat olib boradi.
Ibrohimjon Musayev 1968-yili Toshkent tibbiyot oliygohining Lor klinikasida ishlaydi. Soʻng, Tojikiston Davlat tibbiyot oliygohida „Tomoq, burunda uchraydigan oʻsmirlar angiofibromasini aniqlash va davolashga oid materiallar“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sodiq, Sayhun. To‘raqo‘rg‘onnoma. Andijon nashtiyoti, 1992-yil — 252-bet.