Kontent qismiga oʻtish

Icarus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ICARUS — bu sayyorashunoslik faniga bag'ishlangan ilmiy jurnal hisoblanadi. Icarus jurnali Amerika Astronomiya Jamiyatining Sayyora fanlari bo'limi tomonidan rasman tasdiqlangan. Ushbu jurnalda astronomiya, geologiya, meteorologiya, fizika, kimyo, biologiya va Quyosh tizimi yoki quyoshdan tashqari tizimlarning boshqa ilmiy jihatlari bo'yicha yangiliklar, kashfiyotlar hamda ilmiy tadqiqot natijalari e'lon qilib boriladi. Icarus ilm-fan sohasidagi akademik jurnaldir.

Icarus jurnal 1962-yilda tashkil etilgan va 1974-yilda Amerika Astronomiya Jamiyatining Sayyorashunoslik fanlari bo'limi bilan bog'liq holda faoliyat yuritishni boshlagan. Uning asl egasi va nashriyotchisi Elsevier bo'lib, Akademik Pressni 2000-yilda sotib olgan. Icarus jurnali 1962-yildan to hozirgi kungacha qizg'in faoliyat olib boradi. Jurnal AQSH da ingliz tilida chop etiladi. Ushbu jurnalning yangi soni har oyda bir marta nashr qilinadi. Ushbu akademik jurnalning impakt faktori (yoki ta'sir omili) 2020-yilgi ma'lumotlarga ko'ra 3,508 ga teng.

Icarus jurnalining Xalqaro standart seriya raqami (ISSN) — 0019-1035. Muharriri sayyoralar geologi, vulqonlarni o'rganuvchi olim, ko'plab ilmiy maqolalar va bir necha kitoblar muallifi, shuningdek ta'lim sohasida faoliyat olib boruvchi Rozali Lopes.

ICARUS muharrirlari roʻyxati[1][2]
Yil Muharrir(lar)
1962-1968 Albert G. Wilson and Zdeněk Kopal
1968-1979 Carl Sagan
1980-1997 Joseph A. Burns
1998-2018 Philip D. Nicholson
2018- Rosaly Lopes

Jurnal yunon mifiologiyasidagi "Icar" afsonaviy labirint nomi bilan atalgan. Icarus jurnali har bir sonining old qismida ingliz astronomi, fizigi va matematigi ser Artur Eddingtonning kengaytirilgan iqtiboslari mavjud.

Ushbu jurnal bir necha xizmatlar tomonidan indekslanadi:[3][4]

  • Ilmiy iqtiboslar indeksi
  • Joriy tarkib / Fizika, kimyo fanlari
  • Kompyuter va nazorat qilish uchun referatlar
  • Elektr va elektronika referatlari
  • Fizika konspektlari. Ilmiy konspektlar. A seriyasi
  • GeoRef
  • Kimyoviy referatlar xizmati
  • Xalqaro aerokosmik abstraktlar
  • Energiya tadqiqotlari tezislari
  1. C. Sagan (1980). „Editorial“. Icarus. 41-jild, № 1. iii-bet. Bibcode:1980Icar...41D...3S. doi:10.1016/0019-1035(80)90155-4.
  2. J. A. Burns (1997). „Thanks for the Memories“. Icarus. 130-jild, № 2. 225–227-bet. Bibcode:1997Icar..130..225B. doi:10.1006/icar.1997.5859.
  3. Online catalog. „Icarus“ (via World Cat). Hollis Classic Library. Harvard University. Qaraldi: 2012-yil 12-avgust.
  4. „Master Journal List“. Thomson Reuters. Qaraldi: 2012-yil 12-avgust.[sayt ishlamaydi]