Kontent qismiga oʻtish

Ichkari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ichkari — musulmon mamlakatlarida ayollarni nomahram erkaklarga koʻrsatmaslik maqsadida toʻsilgan qovlining ichki qismi, ichki hovli. I.da, asosan, ayollar va bolalar yashagan. Oʻrta Osiyo xalqlari meʼmorligida uy-joy tuzilishining ajralmas qismi. Tashqi hovlining uzviy davomi. I. oʻrta asrlarda shariat qoidalariga koʻra, ayollar va balogʻatga yetgan qizlar istiqomat qiladigan joy hisoblangan. Unda yotoqxona, oshxona, omborxona va b. joylashgan. Tashqari hovlida erkaklar yashagan. I. va tashqari hovli oʻrtasida eshik boʻlib, bundan begona erkaklarning kirishi qatʼiyan taqiqlangan. Xonadonning I. va tashqariga boʻlinishi xon saroylaridagi haramdan tortib, kambagʻal kishilarning hovlilarigacha xos edi. Kosib, dehqon, hunarmandlar, juda bulmaganda, oʻz kasbikori uchun ajratilgan binoning hovli tomonini biror narsa bilan toʻsib I.ga ajratardi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil