Ichki nutq
Ichki nutq — 1) kishining oʻzoʻziga qaratilgan (koʻpgina xattiharakatini rejalashtirish maqsadidagi) nutqi, ovozsiz ichki mulohaza. Bu ichki kodga muvofiq, oshkora tovushsiz amalga oshiriladi; 2) tovushsiz artikulyar harakat ("ichda gapirish"). I.n.ni oʻrganish, tajriba asosida qayd etish til va tafakkur, til va nutq, fikrlash shakli hamda nutqni idroklashni tadqiq etishga imkon beradi. I. n. tilshunoslar, psixologlar va fiziologlar tomonidan tadqiq etiladi.[1]
Ichki nutq asosan monolog shaklida bo'ladi. Ichki nutq faqat bir kishiga tegishli bo'lib, unda shaxsning o'z-o'zi bilan bo'ladigan suhbati, ichki kechinmalari kabilar nazarda tutiladi. Ichki nutq shaxsning erkin fikrlashi, tanqidiy fikrlashi va o'zining yutuq, xato va kamchiliklarini tahlil etish uchun yaxshi jaryaon bo'lib xizmat qiladi. Ichki nutqi rivojlangan odam tashqi nutqini ham rivojlantirsa, bunday holatda ikkalasi qorishib chiroyli, jozibali, ta'sirli va mukammal nutq yaratilishiga sabab bo'lishi mumkin.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |