Kontent qismiga oʻtish

Endoparazitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ichki parazitlardan yoʻnaltirildi)
Endoparazitlar

Endoparazitlar (yunoncha endo… va ragazpok – tekinxoʻr), ichki parazitlar – xoʻjayin hayvon yoki oʻsimlik toʻqimalari, ichki organlarida yashab, uning hisobiga hayot kechiruvchi organizmlar. Endoparazitlarga viruslar, bakteriyalar, koʻpgina zamburugʻlar, eng sodda hayvonlar va gijjalar kiradi. Baʼzi endoparazitlar rivojlanishining ayrim davr (bosqich)larini xoʻjayin organizm ichida oʻtadi. Masalan, oʻsimlik bitlari (shiralar) tanasida afidiidlar oilasining vakillari, kuzgi tunlam va boshqalar, kemiruvchi tunlamlarda – apanteles, rogas, mikroplitis, taxin pashshalar va boshqalar, noʻza tunlami (koʻsak qurti)da apanteles, anilasta, ambliteles va boshqalar parazitlik qiladi; trixogramma lichinkalari (koʻpgina tangaqanotli kapalaklar) tuxumida rivojlanadi va boshqalar endoparazitlardan madaniy oʻsimliklarni zarakunandalardan himoya qilishda foydalaniladi (qarang Parazitizm)[1].