Kontent qismiga oʻtish

Zamburugʻlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Zamburugʻdan yoʻnaltirildi)

Zamburugʻlar (fungi yoki mycetes) — eukariot organizmlar dunyosi (bulimi). Tayyor organik moddalar hisobiga yashaydi, yaʼni geterotrof organizm hisoblanadi. Odatda oʻsimliklarda, tuproqda, suvda, hayvonlarda yoki ularning qoldiqlarida hayot kechiradi. Oziqlanish usuliga qarab parazit va saprofitga boʻlinadi. Ularning odamlar va hayvonlar uchun zararli va foydali yuz mingdan ortiq turi uchraydi. Zamburugʻlar haqidagi fan mikologiya deb ataladi.

hjj
jj

Zamburugʻlarning tuzilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zamburugʻlarni mikologiya fani oʻrganadi. Zamburugʻlar ilgari oʻsimliklar dunyosiga kiritilar edi. Olimlar zamburugʻ turlarini chuqur oʻrganish natijasida ularni alohida olam sifatida ajratishgan. Zamburugʻlar bakteriyalardan farq qilib, eukariot organizm hisoblanadi. Zamburugʻlar o'simliklar kabi erkin harakatlana olmaydi, hayvonlarga oʻxshab geterotrof oziqlanadi. Zamburugʻlar yashashi uchun ozuqa, harorat va namlik yetarli boʻlishi kerak, yorugʻlik boʻlishi shart emas[1]. Koʻpchilik zamburugʻlarning (baʼzi hujayra ichki parazitlaridan tashqari) vegetativ tanasi mitseliy kurinishida, yaʼni oziqlanish substrati sirtiga yoki ichiga taralib, uchidan oʻsadigan ingichka ipcha — gifalardan iborat. Koʻpayishi. vegetativ va reproduktiv (jinssiz va jinsiy) koʻpayadi. Vegetativ koʻpayish mitseliy ipchalarining boʻlinishi yoki sklerotsiyalar bilan amalga oshadi. Bu boʻlakchalar har xil yoʻl bilan tarqalib, qulay sharoitga tushganda yangi mitseliysi hosil boʻladi. Jinssiz koʻpayish mitseliyning maxsus shoxchalarida xreil boʻladigan sporalar orqali roʻy beradi. Sporalar hosil boʻlishiga qarab endogen va ekzogen buladi. Endogen sporalar odatda gifa (sporangiy yoki zoosporangiy)ning sharsimon uchlarida kup miqdorda rivojlanadi. Ekzogen sporalar (konidiyalar) mitseliyning maxsus shoxlarida yakka, guruh bulib, kupincha zanjirsimon rivojlanadi. Jinsiy koʻpayish ikkita har xil jinsiy hujayraning qoʻshilishidan hosil boʻladigan zigotalar orqali roʻy beradi. Hamma joyda keng tarqalgan. Aksari zamburugʻlarning tabiatda umri qisqa. Ularning mitseliysi bir necha sutkada rivojlanib, spora hosil qilgach, oʻsishdan toʻxtab, nobud boʻladi. Mitseliysi koʻp yil yashaydigan zamburugʻlar ham bor. Jumladan, patogen va parazit zamburugʻlar mitseliysi bir necha yillab yashaydi. Shuningdek, sklerotsiylari va turlituman sporalari bilan uzoq vaqggacha saqlanadigan zamburugʻlar ham boʻladi. Koʻp sporalar quruq holatda hayotchanligini oʻn yillab saqlashi mumkin. Muhim fiziologik xususiyatlari. Zamburugʻlar rivojlanishi uchun kislorod zarur boʻlib, aerob organizm hisoblanadi. Lekin ayrim zamburugʻlar, masalan, achitqi zamburugʻlar iga ozgina kislorod ham yetarli. Koʻp zamburugʻlar turli xil (spirtli, limonli) achitish xususiyatiga ega. Zamburugʻlar 20—25° da yaxshi oʻsadi, baʼzilari 2—4° da ham oʻsaveradi. Zamburugʻlarning oʻsishi uchun yorugʻlik zarur emas, lekin quyosh nuri ularning oʻsishi va spora hosil qilishiga salbiy taʼsir etadi. Tabiat va inson hayotidagi ahamiyati. Tuproqda yashaydigan zamburugʻlar oʻsimlik qoldiqlari (jumladan qiyin parchalanadigan [[sellyuloza] va lignin)ni yemiradi va minerallashtiradi. Yogʻochlarni, asosan, poʻkak zamburugʻlar yemiradi. Koʻpchilik zamburugʻlar oʻsimliklarda turli kasalliklarni qoʻzgʻatadi. Odamlardagi qator kasalliklar: kal, qirma temiratki va boshqalarni zamburugʻlar qoʻzgʻatadi. Foydali zamburugʻlar ham koʻp. Penicullium va Aspergillus turkumiga mansub zamburugʻlardan vitaminlar, antibiotiklar, limon kislota va steroid preparatlar olishda foydalaniladi. Achitqi zamburugʻlar vino, non, pivo tayyorlashda ishlatiladi. Zamburugʻlardan koʻnchilik, toʻqimachilikda va sanoatning boshqa tarmoqlarida qoʻllaniladigan turli xil fermentlar olinadi. Dunyoning koʻpgina mamlakatlarida zamburugʻlar ovqatga ishlatiladi; isteʼmol qilinadigan zamburugʻlarning turi 100 dan ortadi. Bulardan kuplari qimmatli boʻlib, tarkibida oqsil moddalari, vitaminlar va fermentlar bor. Zamburugʻlar, asosan, konservalab (quritib, tuzlab, ziralab) isteʼmol qilinadi.

Zamburugʻlar tasnifi:

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • I sinf — tuban zamburugʻlar yoki fikomitsetlar (Phycomycetes);
  • II sinf — xaltali zamburugʻlar yoki aksotsimetlar (Ascomycetes);
  • III sinf — bazidiomitsetlar (Basidiomycetes);
  • IV sinf — takomillashmagan zamburugʻlar (diueureuteromycetes yoki Fungi imperfecti).

Zamburugʻlar oʻsimlik, hayvon va odamlarda kasallik qoʻzgʻatish xususiyatiga ega, oziqovqat mahsulotlarini buzadi. Gʻoʻzada vilt va chirish kasalliklarini paydo qiladi (yana qarang Zamburugʻli kasalliklar). Baʼzi zamburugʻlar hasharotlar sonini hamda kasallik tugʻdiruvchi (patogen) zamburugʻlar rivojini susaytirishda ijobiy ahamiyatga ega. Vertitsillyoz soʻlishni qoʻzgʻatuvchi zamburugʻlar kushandasi (zamburugʻlar — antagonist)ga Trichoderma Iignoram Hars., Aspergilius sp., Penicillim sp. va boshqalar kiradi.

Zamburugʻlar tuproqda bakteriyalar, aktinomitsetlar va mikroorganizmlar bilan birgalikda organik moddalarni parchalab, sanitarlik vazifasini bajaradi va tabiatda moddalar aylanishida ishtirok etadi. Shu bilan birga tuproqda usimlik kasalliklarini qoʻzgʻatuvchi zamburugʻlar toʻplanib ham qoladi. Monokultura natijasida oʻsimliklarning maʼlum turlarigagina ixtisoslashgan zamburugʻlar yigʻiladi. Aspergilius, Penicillium, Mucor, Trichothecium, Rhizopus va boshqa turkumga mansub baʼzi tur zamburugʻlar urugʻlik materialning mogʻorlashiga sabab boʻlib, ularning unuvchanligini pasaytiradi. Koʻpgina mogʻor zamburugʻlar xom ashyoni saqlash davrida paxta tolasi sifatini buzadi. Baʼzi turlari isteʼmol qilinadi (jumladan, qoʻziqorin). Zamburugʻlarning fermentativ, antibiotik, toksik va parazitlik xususiyatlaridan veterinariyada hamda oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishda, shuningdek, yengil sanoatda, oziqovqat va farmatsevtika sanoatida foydalaniladi[2].

  1. O'.Pratov, A.To'xtayev. Zamburug'lar dunyosi. O'zbekiston — 30-32-bet. ISBN 978-9943-6479-3-0. 
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil