Kontent qismiga oʻtish

Zamburugʻli kasalliklar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Zamburugʻli kasalliklar, mikoftozlar (oʻsimliklarda) — parazit va yarim parazit zamburugʻlar qoʻzgʻatadigan infeksion kasalliklar. Zamburugʻlar taʼsirida oʻsimliklarda butun organizm yoki uning maʼlum kismi tuzilishi va fiziologik funksiyasining buzilishiga sabab boʻluvchi kasallik (patologiya) jarayoni vujudga keladi. Boshqa oʻsimlik kasalliklariga nisbatan koʻp tarqalgan va zararli; ular oʻsimlik hosilini va mahsulot sifatini pasaytiradi, mevali va rezavor oʻsimliklarning hosil berish muddatini qisqartiradi. Eng koʻp tarqalgan Z.k.: soʻlish, chirish (ildiz, toʻpgul, meva, ildizmevalar, tuganaklar va b.da), boʻrtma, oʻsimta, ishish, yara, bargda dogʻlar paydo boʻlishi bilan kechadigan kasalliklar, oʻsimlikning pakanaligi, majruxligi va b. Bir turdagi oʻsimlik bir necha oʻnlab xil Z.k. bilan zararlanishi mumkin. Z.k. eng kup zarar keltiradigan va koʻp tarqalgan kasalliklardan hisoblanadi. Masalan, gʻoʻzaning vilt kasalligi, bugʻdoyning qorakuya va zang , ildiz chirishi kasalliklari, kartoshkaning fitoftoroz kasalligi va b.larda hosil juda kamayib ketadi. Z.k. bilan zararlangan oʻsimlikning urugʻi, tuganagi, piyozlari, qalamchalari, koʻchatlari va infeksiya manbai bulishi mumkin. Infeksiya hosil yigʻimidan keyin tuproqda qolgan oʻsimlik qoldiklarida saqlanishi va oʻsimlik ildizi, ildiz boʻgʻizi va b. tuproq osti organlariga tushib kasallik quzgʻashi mumkin. Baʼzi patogen zamburugʻ sporalari shamol, yomgʻir, hasharotlar, sut emizuvchilar, shuningdek, ifloslangan idishlar, qishloq xoʻjaligi mashinalari va asboblari orqali ham oʻtadi. Oʻsimlik toʻqimalariga patogen zamburugʻlar ogʻzicha, yasmiqchalar, hujayra epidermisi va kutikulasi (kartoshka raki), doʻldan hosil boʻlgan yaralar (makkajoʻxorining qorakuya kasalligi), oftob urgan, yorilgan joy orqali kirishi mumkin. Kasallik rivojlanishi tashqi sharoitga ham bogʻliq. Maye, tuprokda fosfor va kaliy yetishmasligidan donli ekinlarning zang kasalligi, kartoshkaning fitoftoroz bilan zararlanishi ortadi. Zararlanish harakteriga qarab mahalliy va umumiy taʼsirli boʻladi. Mahalliy zararlanishga dogʻlar, zamburugʻ gʻuborlari, yaralar, shishlar paydo boʻlishi misol boʻladi. Dogʻlar bargning alohida qism (toʻqima)larini nekrozga olib keladi, kuchli rivojlanganda barglar toʻkilishi mumkin (qarang Makrosporiozlar). Zamburugʻ gʻuborlarini oʻsimliklar unshudring (kul) va soxta unshudring (ragʻa) bilan kasallanganida kuzatish mumkin. Oʻsimlikning mahalliy zararlanishi, koʻpincha, turli organlarda chetlari rangli hoshiya bilan oʻralgan yara kurinishida boʻladi (mas, gʻuza gommozining poya formasida). Zang zamburugʻi bilan zararlangan gʻalladoshlar, dondukkaklilar va b. ekinlar barg hamda b. organlarida zamburugʻ sporalari tuplangan yostiqcha koʻrinishidagi zang tusli shishlar (mas, javdarning qungʻir zang kasalida) paydo boʻladi. Kuzga borib shishlar qorayadi. Oʻsimlikning suv va oziq moddalarga boy organlari, kupincha chirish bilan kasallanadi (mas, gʻoʻza chanoklaridagi pushtirang chirish, kulrang chirish). Oʻsimlikning zamburugʻ bilan umumiy kasallanganligi belgisi — soʻlishdir. Bu turli organlardagi taranglik (turgor)ning yoʻqolishi bilan harakterlanadi. Gʻoʻza, zigʻir, kartoshka va b. oʻsimliklar so'lishi koʻp Zamburugʻli kasalliklar: 1—bugʻdoy qatgiq qorakuyasi; 2—bugʻdoy chang qorakuyasi; 3—makkajoʻxori pufaksimon qorakuyasi; 4—kartoshka fitoftorozi; 5—olma kalmarazi; 6—qulupnay kulrang chirishi. Kasallikning rivojlanish tezligini ekologik omillar belgilaydi: maʼlum sharoitlar zamburugʻning spora hosil qilishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi, sporalarning oʻsishi va oʻsimlikning kasallanishiga toʻsqinlik qiladi. Z.k.ga qarshi agrotexnik, kimyoviy va fizikmexanik choratadbirlar majmui qoʻllanadi. Kasallikka chidamli navlar ekiladi, mikrobiopreparatlardan foydalaniladi, ekinlar urugʻligi kimyoviy preparat (dori)lar bilan dorilanadi, oʻsimliklarga pestitsidlar, fungitsidlar purkaladi yoki changitiladi. Z.k.ga qarshi kurashda chidamli navlarni yaratib, ularni i.ch.ga joriy qilish katta ahamiyatga ega (yana q. O'simliklarni himoya qilish). Ad.: Serb i nov V. I. Qishloqxoʻjalik ekinlarining kasalliklari, T., 1964; Karimov M. A., Gʻoʻza kasalliklari, T., 1979. Sultan Alimuhamedov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil