Kontent qismiga oʻtish

Makrosporiozlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Makrosporiozlar - oʻsimliklarning keng tarqalgan zamburugʻli kasalliklari. Zararlangan oʻsimlik poya va barglarida turli shakl, tus va kattalikda qora gʻuborli dogʻ (ulik hujayra)lar paydo boʻladi. Macrosporium avlodiga mansub har xil tur zamburugʻlar vujudga keltiradi. Konidiyalar bilan tarqaladi. Gʻoʻza M.ida (qoʻzgʻatuvchisi M.nigricantum) yer ustki organlari: urugʻbarg, koʻsak, tola, shuningdek, bar-glar, barg bandlari, gulyonbarglari zararlanadi. Urugʻpalla, chinbarglarda toʻq-yashil, diametri 0,5–5 mm li dogʻlar paydo boʻladi, soʻngra ular kattalashib, notoʻgʻri shaklli qoʻngʻir tusga kiradi. Kasallangan barglar quriydi va toʻkiladi. M. bilan ingichka tolali gʻoʻzalar kuchliroq kasallanadi. Hosil 20— 39% gacha kamayishi mumkin. Kanop, kanakunjut va boshqa oʻsimliklar M.i ham uchraydi. Kartoshka va pomidorda bu kasalliklarni M.solani zamburugʻi qoʻzgʻatadi. Kartoshka M.ida qora dogʻlar oʻsimlik bilan birga tuganagida ham paydo boʻladi. Palagi qurib qoladi. Pomidor M.ida barglarda yumaloq yoki burchakli, poyalarida boʻylama, mevasida qora gʻuborli jigarrang dogʻlar yuzaga keladi. Bunda poya va mevalar chiriydi. Tok M.sida (qoʻzgʻatuvchisi M.vitis) uzum boshlari va gʻujumlari bandida yashil gʻuborli dogʻlar hosil boʻladi. Gʻujumlar irib yoki qovjirab qoladi. Kurash choralari: chuqur kuzgi shudgor; kasal nihollarni yulib tashlash; begona oʻtlarni yoʻqotish, ortikcha sugʻormaslik, zararkunanda, hasharotlarga qarshi muntazam kurash olib borish; kasallik belgilari koʻringanda oʻsimliklarga 1 % li bordo suyukdigi yoki si-nebning 1%li suspenziyasi purkaladi. Sulton Alimuhamedov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil