Ichkuyov
Ichkuyov — nikohdan soʻng kelinning otasinikida yashaydigan kuyov. I. Sharqda, xususan, Oʻrta Osiyo xalqlari oʻrtasida tarqalgan. I.ning paydo boʻlishi katta oilaning yemirilib, uning oʻrnida kichik oila (qalin toʻlashga asoslangan nikoh)ning paydo boʻlish davriga toʻgʻri keladi. Baʼzi xalqlarda matrilokal joylashuv asosiy oʻrinda turadi (qarang Nikoh). I.lik Osiyo va Afri-kadagi koʻpgina xalqlarda hozirgacha turli shakllarda saqlanib kelmoqda. Oʻrta Osiyo xalqlarida bu jarayon mil. 1ming yillikning 2-yarmidan boshlangan. I.likning turlaridan biri ishlab berishdir. Oʻtmishda qalin toʻlashga qurbi yetmaydigan yigit boʻlgʻusi qaynotasi uyida turib, maʼlum muddat ishlab berishga rozi boʻlar, bu muddat tugagach, qalin majburiyatidan ozod boʻlardi. I.likning yana bir turi — kuyovning kelin oilasiga kirishidir. Bunday hol oʻzbeklarda koʻch kuyov (kuchidan foydalanish mumkin boʻlgan kuyov), tojiklarda xonadomod (uy kuyov) deb ataladi. Hoz. davrga kelib I.lik mazmunan oʻzgardi. Ishlab berish orqali I. boʻlish odati tamoman tugadi. Yagona qizi boʻlgan (yoki qizi bilan qolgan) keksa ota-ona kuyovni I. qilmoqchi boʻlsa, uni teng huquqli, yaʼni oʻz oʻgʻli-day, hatto, oilaga boshliq qilib qabul qiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |