Idoralararo razvedka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Idoralararo razvedka (inglizcha Inter-Services Intelligence) — Pokiston razvedka hamjamiyatining bosh organi. Unga 1948-yilda Pokiston armiyasi Bosh shtab boshligʻining oʻrinboasari general-mayor Robert Koutorn va polkovnik Hamid Shahid asos solishgan. Ushbu organga Pokiston armiyasi Bosh shtabi boshligʻining tavsiyasi bilan mamlakat bosh vaziri tomonidan tayinlanadigan bosh direktor rahbarlik qiladi. Mutaxassislar uni davlat ichidagi davlat deb taʼriflashadi. Idoralararo razvedkaning faolligi, ayniqsa, Afgʻoniston masalasida yorqin namoyon boʻladi. Maʼlumotlarga koʻra u dunyodagi eng koʻp sonli mahsus xizmatlardan biri hisoblanadi.