Kontent qismiga oʻtish

Igor Golloyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Igor Golloyev
Asl ismi Игорь Дмитриевич Голлоев
Tavalludi 20-sentyabr, 1965-yil
Uchquduq, Buxoro viloyati
Qoʻshin turlari Rossiya Ichki ishlar vazirligi qoʻshinlari,
Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiyasi qoʻshinlari
Xizmatdagi yillari 1983-yildan
Unvoni general polkovnik
Jang/urush Ikkinchi Chechen urushi
Mukofotlari Aleksandr Nevskiy ordeni (Rossiya),
Jasorat ordeni,
Suvorov medali,
„Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan harbiy mutaxassis“ ordeni

Golloyev Igor Dmitriyevich (20-sentyabr, 1965-yil, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) — rus harbiy rahbari. Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiyasi Sharqiy okrugi qoʻmondoni (2021-yildan), general-polkovnik (2017)[1][2].

Golloyev 1965-yilning 20-sentyabrida Buxoro viloyatida, hozirgi Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida tugʻilgan. 1983-yil harbiy xizmatda boʻlgan. 1987-yilda F. E. Dzerjinskiy nomidagi SSSR Ichki ishlar vazirligi Qizil bayroqli Saratov oliy harbiy qoʻmondonlik bilim yurtini tamomlagan. 1987-yildan SSSR Ichki ishlar vazirligining Shimoliy-Gʻarbiy va Boltiqboʻyi davlatlari ichki qoʻshinlari boʻlimida vzvod komandiri lavozimida xizmat qilgan.

1997-yilda M. V. Frunze nomidagi harbiy akademiyani tamomlagan. 1997-yilda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Vladikavkaz Oliy harbiy qoʻmondonlik maktabida harbiy taktikadan dars bera boshlagan. 1999-yildan Rossiya Ichki ishlar vazirligining Shimoliy Kavkaz okrugi ichki qoʻshinlarining tezkor boʻlinmasida xizmat qilgan. 2003—2007-yillarda Rossiya Ichki ishlar vazirligi Ichki qoʻshinlarining Volga okrugida xizmat qilgan.

2009-yilda Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabining Harbiy akademiyasini tamomlagan. 2009-yildan Rossiya Ichki ishlar vazirligining Shimoliy-Gʻarbiy mintaqaviy qoʻmondonligida xizmat qilgan. 2011-yil 9-noyabrdan general-mayor.

2012-yildan Rossiya Ichki ishlar vazirligi Ichki qoʻshinlari Markaziy mintaqaviy qoʻmondonligi qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2014-yil 6-noyabrdagi 713-sonli farmoni bilan general-leytenant[3] unvoni berilgan.

2016-yil oktyabr oyidan — Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiya qoʻshinlarining Ural okrugi qoʻmondoni[4].

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2017-yil 6-dekabrdagi farmoni bilan Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiya qoʻshinlari Markaziy okrugi qoʻmondoni etib tayinlandi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi 592-son qarori bilan unga general-polkovnik unvoni berildi.

2021-yil 30-iyuldan — Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiya qoʻshinlari Sharqiy okrugi qoʻmondoni.